O’zgaruvchan xarajatlar asosida korxona ichidagi topshiruvlar paytidagi baho usuli to’liq tannarx asosidagi usuldan korxona zahiralaridan yanada samaraliroq foydalanishni ta’minlashga qaratilganligi bilan ajralib turadi.
3.Xarajatlar va qiymat yondoshuvi asosida transfert bahoni shakllantirish
Transfert baho ciyosati masalasi bo’yicha moliyachi va marketologlar o’rtasida uni shakllantirishga nisbatan ikki muqobil yondashuv - xarajatlar va qiymat yondashuvlari sohasida bahs-munozara kelib chiqadi. Ularning mohiyatini 1-jadval yordamida ifodalash mumkin.
Transfert bahoni shakllantirishga nisbatan xarajatlar yondashuvi eng sinalgan va ishonchli yondashuvdir. Uning asosida real kategoriya yotadi, bu - mahsulot ishlab chiqarish va sotishga sarflanadigan xarajatlardir. Ushbu xarajatlar mahsulot ishlab chiqarishga va sotishga sarflangan haqiqiy xarajatlar kategoriyasi orqali ifodalanadi hamda buxgalteriyada dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
1-jadval.
Transfert bahoni shakllantirishga nisbatan yondashuvlar
T/n
|
Xarajatlar asosidagi yondashuv
|
Qiymat yondashuvi
|
1.
|
Mahsulot
|
Xaridorlar
|
2.
|
Texnologiya
|
Qiymatliklar
|
3.
|
Xarajatlar
|
Baho
|
4.
|
Baho
|
Xarajatlar
|
5.
|
Qiymatliklar
|
Texnologiya
|
6.
|
Xaridorlar
|
Mahsulot
|
Buning ustiga, ma’lum darajada bu yondashuvning nufuzi uni iqtisodiy nazariyada qo’llab-quvvatlanishi bilan bog’liq, chunki, mahsulotlar o’rtasida xarajatlarni to’g’ri taqsimlash, tannarxni shakllantirish va boshqarish bahoni korxona uchun naflilik nuqtai-nazaridan daromad olish manbaiga aylantiradi (2-chizma).
Dostları ilə paylaş: |