Sent-Iler bilan Kyuvye o‘rtasidagi munozara 1830 yilda Yevropadagi butun Fan olimi Parij akademiyasida avj olgan voqealarni qiziqish bilan kuzatib bordi. O‘sha yili ikki yosh olim Sent-Ilerning shogirdlari Loranse va Meyran Fransiya fanlar Akademiyasida umurtqali hayvonlar bilan bosh oyoqli molyuskalar tuzilishida o‘xshashlik bor deb, ta’kidlaydigan asarini taqdim etdi. Bo‘lib o‘tgan majlisda Sent-Iler bu yosh olimlarni va ularni fikrlarini himoya qilib chiqdi. Keyingi majlisda Kyuvye ikki yosh olimni ham, Sent-Ilerni ham qattiq tanqid qildi. Bu hodisalar Kyuvye bilan Sent-Iler o‘rtasidagi olti hafta davom etgan munozaraga sababchi bo‘ldi. Bu munozarani nihoyat Fransiya FA to‘xtatdi. Kyuvye Sent-Ilerning hayvonlar bilan bir reja asosida tuzilgan, degan g‘oyasiga o‘zining «barcha hayvonlar 4 reja asosida tuzilgan” degan g‘oyasini qarama-qarshi qilib qo‘ydi. Kyuvyening bu 4 ta rejasining hammasi nerv sistemasi asoslagan edi:
1. Bosh va orqa miya
2. Nerv tugunlari
3. Qorin nerv xalqasi
4. Nerv xalqalari va ulardan chiqadigan nerv tolalari.
Kyuvye hayvonot olamini o‘zgarmas, degan g‘oyani ilgari surdi. Sent-Iler esa hayvonot olamni o‘zgaruvchanligini aytdi. Bu ikki yirik olim o‘rtasidagi munozara ikki oy davom etda va Kyuvyening g‘alabasi bilan tugadi. Chunki Sent-Iler o‘z fikrlarini isbotlay olmadi, bu munozara o‘sha davrda katta voqea sifatida tan olindi. Chunki bu munozara faqat ikkita olimning munozarasi bo‘lib qolmay, balki ikkita dunyo qarshi: kretsionizm va transformizm g‘oyalar o‘rtasida munozara edi. Bu munozaralarga turli toifadagi odamlar kelib o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, unga javob olishga urunganlar.
Shunday qilib, Kyuvyening g‘alabasi bilan tugagan bu munozara bir qancha vaqtlargacha trasformizm va evolyutsion g‘oyalarning rivojlanishiga to‘sqinlik qildi.
Mavzuni o‘zlashtirish yuzasidan topshiriqlar va savollar Qadimgi Misrda tabiat haqidagi tasavvurlarni paydo bo‘lishi
Qadimgi Hindistonda tabiat haqidagi tasavvurlarni paydo bo‘lishi
Qadimgi Xitoyda tabiat haqidagi tasavvurlarni paydo bo‘lishi
Qadimgi Rimda tabiat haqidagi tasavvurlarni paydo bo‘lishi
Qadimgi Gretsiyada tabiat haqidagi tasavvurlarni paydo bo‘lishi