5-mavzu. Uyg‘onish davridan boshlab tabiat fanlari taraqqiyoti Reja


XVIII asr fransuz filosof materialistlarining evolyutsion qarashlari



Yüklə 54,35 Kb.
səhifə5/8
tarix26.12.2023
ölçüsü54,35 Kb.
#197692
1   2   3   4   5   6   7   8
5-MAVZU. Uyg\'onish davridan boshlab tabiat fanlari taraqqiyoti (1)

XVIII asr fransuz filosof materialistlarining evolyutsion qarashlari
1789 yil Fransiyadagi burjua revolyutsiyasi arafasida fransuz materialistlari D. Didro, K.Gelvetsiy, G.P.Golbax, J.Lemetri din va xurofotga qarshi kurashda tranformizm g‘oyalaridan foydalandilar. Ular tabiatni eskicha tushunishini, dinni va mavjud davlat tartibini ayovsiz tanqid qildilar, tranformistik g‘oyalarni xalqqa yetkazdilar. Ular koinot, organik olam doimo o‘zgarishda, materiyani harakatga keltiruvchi kuch tabiatning o‘zida bor, deb tushuntirdilar. Ammo harakatni atomlar o‘rin almashinuvida deb qayd qildilar. Ularning kamchiliklari: 1. Didroning fikricha barcha hayvonlarni ajdodlari bor, tabiat esa ularni xilma-xil darajaga olib kelgan. Shuning uchun ham ular mehanik materialistlar deb atalgan. 2. ularning yana bir kamchiligi ular organizmlarni tarixiga e’tibor bermaydilar. M: Didroning fikricha balchiqdan qurt katta hayvonga va aksincha aylanishi mumkin. Ular fikri transformistik g‘oyalar bilan birga olg‘a suriladi. M: Didroning fikricha har xil narsalardan materiya, o‘simlik, hayvon paydo bo‘ladi. Golbax, Lametri odam tabiiy yo‘l bilan kelib chiqqanligini, odam bilan maymunlar o‘rtasida o‘xshashlik borligini ta’kidlaydilar.
Fransuz tabiatshunoslaridan Jorj Lui Byuffon (1707-1788) tranformizmni evolyutsionistik oqim bilan birga rivojlantirgan olimdir. U o‘z asarlarida koinot, hayotning paydo bo‘lishi, odamning tabiatdagi o‘rni masalasi bilan shug‘illangan.
Byuffon ta’limotiga ko‘ra, quyoshdan ajralgan cho‘g‘dan yer paydo bo‘lgan. U keyin sovushi qutblarda tez sodir bo‘lgan. Keyin atmosferani suv bug‘i va gazlar o‘rab olgan, bug‘lar sovib yomg‘irga va jalaga aylangan. Keyin anorganik moddalardan organik moddalar paydo bo‘lgan. U hayotning paydo bo‘lishini yerning tarixi bilan bog‘lab o‘rgangan. Uning “Tabiat davrlari” nomli asarida yerning paydo bo‘lishini 7 ta bosqichga bo‘ladi. Uning fikricha 5-bosqichda hayvonot olami, 7-bosqichda odamlar paydo bo‘lgan. Byuffon yer po‘stlog‘i hosil bo‘lishida suv, toshqin va iqlimni ahamiyatini ko‘rsatib o‘tgan. “Hayvonlar bilan o‘simliklarni solishtirish” nomli asarida hayvonlar bilan o‘simliklar o‘rtasida keskin farq yo‘q, ularning har birida oraliq formalari bor, deydi. Tashqi muhit faktorlari hayvon va o‘simliklarga ta’sir etib ularni o‘zgartiradi, degan xulosaga keladi. Hayvonlarning geografik tarqalishiga e’tibor berib yangi va eski dunyo hayvonlarini solishtiradi va ular o‘rtasidagi bog‘lanishni topishga harakat qiladi.
Byuffan “ Tabiat tarixi” nomli 36 tomli asarida bir tur bir oilaga kiradigan turlarining o‘zagi deb tariflaydi. Byuffonning qarashlari o‘sha davrdagi eng ilg‘or fakrlardan iborat edi. Shu sababli Fransiya Fanlar Akademiyasi Byuffonning ta’limotini bema’nilik deb baholadi va uning asarlarini yoqib yuborishga farmon berdi. Byuffon esa omma orasida o‘z fikrlaridan qaytishga va olamni yaratilishi to‘g‘risidagi diniy kitoblarga ishonaman deb aytishga majbur bo‘ldi. Shunday qilib Byuffon o‘z asarlarini saqlab qolishga erishdi.

Yüklə 54,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin