5-mavzu. Uyg‘onish davridan boshlab tabiat fanlari taraqqiyoti Reja


J. Kyuvyening solishtirma anatomiya va paleontologiya sohasidagi ishlari



Yüklə 54,35 Kb.
səhifə6/8
tarix26.12.2023
ölçüsü54,35 Kb.
#197692
1   2   3   4   5   6   7   8
5-MAVZU. Uyg\'onish davridan boshlab tabiat fanlari taraqqiyoti (1)

J. Kyuvyening solishtirma anatomiya va paleontologiya sohasidagi ishlari
1789 yilda Fransiyada burjua revolyutsiyasi g‘alaba qo‘zonganidan keyin XVIII-asrda vujudga kelgan materialistik g‘oyalarga qarshi kurash boshlanadi. XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida kreatsionizm va teleologiya oqimining yirik namoyondasi Jorj Kyuvye (1769-1832) biologiya fanida katta mavqega ega edi. Uning xizmatlari:
1. Zoologiya, solishtirma anatomiya, paleontologiya sohasida katta ishlar qildi.
2. Bu fanlar yutuqlariga metafizik va idealistik sayqal bergan olimdir.
Kyuvye morfologiya fani organizmlarni faqat tuzilishini emas, balki uning qonuniyatlarini ham o‘rganishini aytdi. Anatomiyada solishtirma usulni qo‘llab solishtirma anatomiyani shakllanishini nihoyasiga yetkazdi. Shu metod asosida korrelyatsiya prinsiplarini, ya’ni har bir tirik mavjudot bir butun sistema bo‘lib, ularning tuzilishi va funksiyasi bir-biriga mosdir. Agar hayvon go‘shtni hazm qila olsa, uning jag‘i maydalaydigan, tirnoqlari ushlab turadigan va h.k. bo‘lish kerak, deydi. Organik korrelyatsiyasi evolyutsion protsess natijasi deb qaralganda, u to‘g‘ri bo‘lardi. Biroq Kyuvye korrelyatsiya prinsipini isbotlashda diniy oqimlarga asoslanadi. Ammo u olg‘a surgan korrelyatsiya prinsipi katta ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir.
Kyuvye qirilib ketgan hayvonlarni suyaklarini tiklashda ham korrelyatsiya prinsipini asos qilib oldi va dinazavr, ixtiozavr hamda boshqa hayvonlarning skeletini tikladi. Ana shularga asoslanib yerda hayot paydo bo‘lishining asosiy bosqichlarini aytib bergan. Bu dalillar turlarning o‘zgaruvchanligi, organik olamning taraqqiyotini isbotlaydi. Ammo Kyuvye bu dallilarni teleologiya bilan isbotlashga urindi. U “Yer yuzidagi keskin o‘zgarishlar to‘g‘risida” degan asarida halokatlar prinsipini asoslaydi, suv toshqinlari tufaydi yer yuzidagi hayvonlar qirilib ketishi, uni o‘rnini boshqa yerdan kelgan hayvonlar egallaydi, deb uqtirdi. Ammo u yangi turlar paydo bo‘lishini tushunmaydi. Uning shogirdlari Lui Agasens (Shvetsariyalik tabiatshunos) va fransuz geologi A.D.Orbinye halokatlar nazariyasini mantiqiy rivojlantirdilar. D.Orbinye yer yuzida 27 marta halokat yuz berganini 1-chi halokat silur, ikkinchisi devon davrida yuz bergan. Halokatlar davrida butun organik dunyo qirilib ketadi, yangisi yangidan hosil bo‘ladi, deb turlarni o‘zgarishini tan olmaydi.
Kyuvye “yashash sharoiti” prinsipini ham ilgari surdi. Organizm bilan muhit o‘rtasidagi bog‘lanishni xudoga bog‘laydi.
Fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo o‘zining “Ho‘rlanganlar” romanida “Kyuvye bir ko‘zi bilan “borliq” kitobiga, ikkinchisi bilan esa tabiatga qarab, reaksion riyokorlarning ko‘nglini olishga intildi va qazilmalarni tavrot aqidalari bilan kelishtirishga urinib, Musoni maqtashga majbur qilmoqchi bo‘ldi” deb yozadi. Shunday qilib, Kyuvyening fan sohasidagi yutuqlari evolyutsion g‘oya uchun katta ahamiyatga ega. Lekin u o‘zi to‘plagan juda boy materiallardan to‘g‘ri xulosa chiqara olmadi, kreatsionizmni himoya qildi, turlar o‘zgarishini, tranformizm va evolyutsionizmni tan olmadi.

Yüklə 54,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin