3
xarajatlarni to„lashga katta miqdorda pul zarur bo„ladi. Qisqacha aytganda,
tovarlar
bahosi darajalarining yuqoriligi pulga bo„lgan talabni oshiradi.
Pul taklifi hajmi o„zgarmagan holatda talabning oshishi foiz stavkasini
ko„rsatilishiga olib keladi. Foiz stavkalari yuqori bo„lgan
sharoitda
ishbilarmonlarning investitsiya tovarlariga bo„lgan talabi pasayadi.
Investitsiya harajatlari yalpi talabning bir qismi bo„lganligi tufayli bu yalpi talab
hajmining pasayishiga olib keladi.
P↑ → MD↑ (MS const) → R↑ → I↓ → AD↓
Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi
shuni bildiradiki, narxlar
darjasining oshishi, jamg„arilgan moliyaviy aktivlari (omonatlar, obligatsiyalar) real
xarid qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Bunday sharoitda aholi moliyaviy aktivlarning
real qiymatini tiklash uchun joriy daromadidan iste‟mol xarajatlar miqdorini
qisqartiradi. Masalan, muayyan shaxs aktivida 10 mln. so„m bo„lsa,
undan hech
ikkilanmasdan birorta avtomashina sotib olishi, agarda inflatsiya ta‟sirida
mashina
narxi 12 mln. so„mga ko„tarilsa, u mashina sotib ololmasligi mumkin va yana 2 mln.
so„m to„plash uchun joriy davrda olgan ixtiyoridagi daromadidan ko„proq qismini
jamg„aradi.
Iste‟mol xarajati yalpi talabning bir qismi bo„lganligi
tufayli uning kamayishi
ADning pasayishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: