5-mavzu. Yalpi talab-yalpi taklif modeli reja


-rasm. Yalpi taklif egri chizig‘i



Yüklə 369,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix30.09.2023
ölçüsü369,94 Kb.
#151322
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5.2-rasm. Yalpi taklif egri chizig‘i. 

iqtisodiyot ishlab chiqarish omillari to„liq band bo„lmagan sharoitda amal 
qiladi; 

baholar, nominal ish haqi qayd etilgan, bozor tebranishlaridan juda kam 
ta‟sirlanadi; 

real miqdorlar (ishlab chiqarish, bandlilik, real ish haqi) harakatchan va 
bozor tebranishlaridan tez ta‟sirlanadi. 
Vertikal yoki klassik kesma
da iqtisodiyot to„liq bandlik sharoitiga yoki 
ishsizlikning tabiiy darajasi sharoitiga erishgan vaziyatni ko„ramiz. Iqtisodiyot egri 
chiziqning bu kesmasida o„zining ishlab chiqarish potensiali darajasida bo„ladi.
6
Bu shuni bildiradiki, baholarning har qanday oshishi ishlab chiqarish hajmining 
oshishiga olib kelmaydi. Chunki, iqtisodiyot to„liq quvvatda faoliyat ko„rsatayapti. 
To„liq bandlik sharoitida ayrim firmalar boshqa firmalarga nisbatan resurslarga 
yuqoriroq baholarni taklif etish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishga harakat 
qiladi. Ammo, bunday holatda ayrim firmalarning resurslar va ishlab chiqarish 
hajmini oshirishi, boshqalari uchun yo„qotishga olib keladi. Natijada bu mahsulotlar 
bahosi oshishi mumkin, lekin ishlab chiqarishning real hajmi o„zgarmay qoladi.
Klassik nazariyada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi: 
-ishlab chiqarish hajmi faqatgina ishlab chiqarish omilari hajmiga va 
texnologiyalarga bog„liq va baholar daoajasiga bog„liq emas; 
-ishlab chiqarish omillari va texnologiyalarda o„zgarish sekinlik bilan ro„y 
beradi; 
-iqtisodiyot to„liq bandlik sharoitida amal qiladi, ya‟ni ishlab chiqarish hajmi 
potensial darajaga teng; 
-baholar va nominal ish haqi o„zgaruvchan, ularning o„zgarishi bozorlarda 
muvozanatni ta‟minlab turadi. 
6
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2015): 289 



Oraliq kesma
– ishlab chiqarish real hajmining o„sishi narxlar darajasining 
o„sishiga mos ravishda o„sib boradi. Nima uchun? Chunki, iqtisodiyotning pasayish 
holatidan to„liq bandlikka o„tishi noteks va turli vaziyatlarda ro„y beradi. Masalan, 
ayrim tarmoqlarda resurslarning etishmasligiga duch kelinsa, boshqa tarmoqlarda 
hozircha ortiqcha resurslar mavjud bo„ladi. Shuningdek, ular ishlab chiqarishni 
kengaytirish uchun yangi asosiy vositalar sotib olish va malakasiz mutaxassislardan 
foydalanishiga to„g„ri keladi. Bu esa mahsulotlar birligiga ketadigan xarajatlarning 
oshishiga va natijada baholar darajasining o„sishiga olib keladi. 
Ishlab chiqarish hajmi ko„payishi yoki kamayishi bahoga bog„liq bo„lmagan 
omillar hisobiga ham ro„y berishi, bu omillar esa yalpi taklif egri chizig„ini o„ng yoki 
chap tomonga siljitishi mumkin. Bahoga bog„liq bo„lmagan omillarnig xususiyati 
shundaki, ular mahsulot birligiga ketgan xarajatlarga bevosita ta‟sir qiladi va shu 
orqali yalpi taklif egri chizig„ining siljishiga sabab bo„ladi.
Bu omillarga texnologiyalardagi o„zgarishlar, ishlab chiqarish omillari 
mihdorining o„zgarishi, resurslar baholarining o„zgarishi, firmalarni soliqqa 
tortishdagi o„zgarishlar boshqalar kiradi. 

Yüklə 369,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin