Tarbiya vositalari. Tarbiya vositalari tarbiya jarayonini tashkil qilish va amalga oshirish uchun qo‘llaniladigan moddiy, ma’naviy, madaniy ob’ekt va predmetlar majmuidir.
Umumiy holda tarbiya vositalari deganda, oila, mahalla, ommaviy axborot vositalari, milliy va tarixiy qahramonlar, adabiyot va san’at, zamonaviy qahramonlar, xarizmatik liderlar va boshqalar nazarda tutiladi. SHuningdek nomoddiy va moddiy predmetlar hamda ob’ektlar ham tarbiya vositalaridir.
Tarbiya metodlarini tanlash asoslari. Tarbiya metodlarini bilish, to‘g‘ri tanlash va qo‘llash pedagogik mahoratni egallaganligi ko‘rsatkichidir. Xususan, tarbiya metodlarini tanlashning bir nechta asosda tanlanadi:
Tarbiya maqsadi va vazifalariga qarab;
Tarbiya mazmuniga qarab;
Tarbiya vasitalariga qarab;
Tarbiyalanuvchilarning yoshi va individual xususiyatlariga qarab;
Tarbiya vaqtiga qarab;
SHuningdek, yuqorida ta’kidlanganidek, tarbiya metodlarini tanlash tarbiyachining salohiyati va tajribasiga ham bog‘liq.
Nazorat uchun savollar:
Tarbiya metodlarini ko‘rsating va ularga ta’rif bering.
Tarbiya metodlaridan hikoya, suhbat, namuna hamda ma’ruza qanday hollarda qo‘llaniladi?
Xalq pedagogikasi qanday tarbiya metodlariga ega?
Rag‘batlantirish va jazolash metodlari haqida gapirib bering.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |