5-mustaqil ish o‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning siyosiy huquqiy mexanizmlari va chora-tadbirlari kirish



Yüklə 58,09 Kb.
səhifə3/4
tarix02.06.2023
ölçüsü58,09 Kb.
#123071
1   2   3   4
5-MUSTAQIL ISH

XULOSA VA TAKLIFLAR.
Yuqoridagi ma’lumotlar va fikrlardan kelib chiqib, jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari bo‘yicha quyidagi takliflar bermoqchimiz:

  • jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar oshirish;

  • korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ijtimoiy sheriklik mexanizmlaridan, shu jumladan davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida kelishuvlar va shartnomalar tuzishni nazarda tutadigan mexanizmlardan keng foydalanish;

  • ma’muriy va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ro‘yxatga olish, ruxsat etish va lisenziyaga doir tartib-tamoyillarni soddalashtirish hamda ularning tezkorligini oshirish;

  • davlat organlarining nazorat-tekshiruv vazifalarini maqbullashtirish, ularning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga yo‘l qo‘ymaslik;

  • davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning masofaviy shakllarini keng joriy etish;

  • korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari mazmunmohiyatini tushuntirishga qaratilgan axborot ma’lumotlarini tayyorlash va keng tarqatish, shu jumladan mavzuga oid videoroliklar yaratish, bosma materiallarni chop etishni kuchaytirish (plakatlar, risolalar, bukletlar);

  • korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat natijalarini televidenie, radio, bosma va elektron OAV orqali, shu jumladan mavzuga bag‘ishlangan dasturlarni, intervyularni, muhokamalarni, press-konferensiyalarni va boshqa tadbirlarni doimiy ravishda tashkil etish;

  • davlat organlari xodimlarini, tadbirkorlik sub’ektlarini va boshqa maqsadli guruhlarni jalb qilgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida o‘quv seminarlari, konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar o‘tkazish;

  • ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning boshqa sohalarida aholi uchun adolatli shart-sharoitlarni hamda teng imkoniyatlarni yaratish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan idoraviy korrupsiyaga qarshi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim bo‘yicha maxsus o‘quv dasturini ishlab chiqishni hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarida korrupsiyaga qarshi mavzularni yanada kuchaytirishni nazarda tutadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ta’lim standartlariga kiritish;

  • davlat organlari mutaxassislari va ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini o‘qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturlariga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida maxsus o‘quv dasturlari va mashg‘ulotlarini olib borishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;

  • korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga doir o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqish va hokazolar.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Prezidentimizning 2020 yil 24 yanvar kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo‘lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerak”, deb ta’kidlab o‘tdilar.



Yüklə 58,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin