5-mustaqil ish o‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning siyosiy huquqiy mexanizmlari va chora-tadbirlari kirish



Yüklə 58,09 Kb.
səhifə2/4
tarix02.06.2023
ölçüsü58,09 Kb.
#123071
1   2   3   4
5-MUSTAQIL ISH

MUHOKAMA VA NATIJALAR
Barcha sohalarda islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirildi.
Albatta, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yaratila boshlangan. Korrupsiyaga qarshi kurash ishlarini tashkillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 3 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi tuzilmasida tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi poraxo‘rlik, o‘g‘irliklar va boshqa suiiste’molchiliklarga qarshi kurash boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida”gi; 1994 yil 11 maydagi “Xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni korrupsiya, reket va uyushgan jinoyatchilikning boshqa ko‘rinishlaridan himoya qilishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi; 1997 yil 28 maydagi “Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashni takomillashtirish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi va ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
2008 yilda BMTning 2003 yildagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish» Konvensiyasini ratifikatsiya qilinishi va ushbu konvensiyaga O‘zbekiston
Respublikasi qo‘shilishi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Bundan tashqari, so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan Byudjet va Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi, «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi, «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Bularning bari tom ma’noda davlatimiz tinchligini va xalq farovonligining huquqiy garovidir.
Qonunchilik tahlili korrupsiya bilan bog‘liq qilmishlarga qarshi kurashish faoliyatining huquqiy asoslari ko‘proq O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksida o‘z ifodasini topgan. Buni quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin.
Mamlakatimizda “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24-noyabrda qabul qilinib, Senat tomonidan 2016 yil 13-dekabrda ma’qullangan. Prezident tomonidan 2017 yil 3-yanvarda tasdiqlanib, 4 yanvardan kuchga kirdi. Qonun 34 moddadan iborat [2].
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni davlat organlari faoliyatining ochiqligini va hisobdorligini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlari, mansabdor shaxslarning o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirishga, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilmoqda.
Qonunda korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, manfaatlar to‘qnashuvi kabi iboralarning mazmuni huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyatiga qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsak, unda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni to‘liq qonuniy tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, shuningdek korrupsiyani ijtimoiy hayotning barcha sohalaridan to‘liq bartaraf etishga, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga qaratilgan me’yorlar o‘z aksini topganligini ko‘rishimiz mumkin [2].
Shuningdek, qonunda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari hamda bu boradagi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlari, vakolatli organlar tizimi, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning mazkur sohadagi ishtiroki, shuningdek xalqaro hamkorlik mustahkamlab qo‘yilgan [4].
Qonun asosida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 2 fevraldagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatlar o‘z mazmun mohiyati, maqsadi bilan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashning yangi bosqichini boshlab berdi.
Prezidentimizning 2017 yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid davlat dasturida ham korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar belgilanganligi alohida qayd etildi.
Qonun normalarini hayotga tatbiq etish maqsadida yuqorida ko‘rsatilgan Prezidentimiz qarori bilan 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ularning hududiy boshqarmalarida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda [5,6].
Qonundan ko‘zlangan maqsad - korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Hujjatda “korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik”, va “manfaatlar mojarosi” kabi tushunchalarga izoh berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5729-sonli Farmoni asosida 2019 yil 1-avgustdan boshlab eksperiment tariqasida aynan oliy ta’lim sohasida “korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish belgilab qo‘yilganligi mamlakatda kechayotgan har qanday islohotning muvaffaqiyati birinchi navbatda ta’limga bog‘liqligini ko‘rsatadi
[3].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF–5729-son Farmoni bilan 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi. Bundan tashqari Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha maxsus komissiya tuzildi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rildi.
Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada o‘stirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investisiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shartsharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha yangi tizimli choralar ko‘rilishini taqozo qilmoqda [9].
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tomonidan 2019 yil 30-avgustda Oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish va «Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. Loyihaning maqsadi- tizimda olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga barham berishdan iboratdir.
2020 yil 29-iyun kuni ushbu farmon bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligitashkil etildi[7]. Agentlik korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organi hisoblanib, prezidentga bo‘ysunishi va Oliy Majlis palatalari oldida hisobdor bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada o‘stirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investisiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shartsharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6-iyuldagi PF-6257son Farmoni e’lon qilindi [8].

Yüklə 58,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin