DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy qism. (2 daqiqa).
O’qituvchining o’quvchilar bilan salomlashishi, o’quv xonasining tozaligini, o’quvchilarning darsga tayyorgarligini (o’quv qurollari, tashqi ko’rinishi) ko’zdan kechirish, davomatni tekshirish.
II. O’tilgan mavzularni so’rash. (8 daqiqa) o’tilgan darslar yuzasidan o’quvchilar bilimini savol-javob asosida aniqlash, uy vazifasini so’rash.”Kuzgi ta’til ta’surotlari ”mavzusida suhbat
III. Yangi mavzu bayoni: (15 daqiqa).
1. Nutqiy mavzu: ”Oltin kuz” matni “Zanjir” usuli orqali o’quvchilar yangi mavzu bilan tanishadilar va quyidagi savollarga javob beradilar: 1.Kuzda ob-havo qanday bo’ladi? 2.Kuz faslida tabiatda yana qanday o’zgarishlar bo’ladi? 3.Dala va bog’larda qanday ishlar bajariladi? 4.Kuzda qanday baramlar nishonlanadi?
2. Grammatik mavzu: Harakat yo’naltirilgan shaxs yoki narsani ifodalash uchun so’zga –ni qo’shimchasi qo’shiladi. -ni tushum kelishigi qo’shimchasidir. Tushum kelishigidagi so’z kimni? nimani? so’roqlariga javob berib, fe’l bilan bog’lanadi. M:Kitoni o’qidi.Gulni sug’ordi.-ni qo’shimchasi men, sen kabi olmoshlarga qo’shilganda bitta n harfi tushib qoladi. M:men+ni>meni, sen+ni>seni
Dostları ilə paylaş: |