newjournal.com часть 4 июнь 2022 560 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ ondan boshlab Harakatlar strategiyasidan Taraqqiyot strategiyasi tomon qadam
tashlay boshlandi.
“Taraqqiyot strategiyasi" markazi Harakatlar strategiyasidagi islohatlarning
mazmun mohiyati, ahamiyati va natijalarini izchil muhokama qilish, davlat organlari
va xalq o‘rtasidagi ochiq muloqotni ya
tashkillash, jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etishda zamonaviy markaz
vazifasini o‘taydi.
Olib borilayotgan izlanish va tajribalar asosida O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022-yil 28-yanvar kuni “2022-2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonni rivojlantirishning taraqqiyot
strategiyasi" ishlab chiqildi. Farmon loyihasi bo‘yicha 16,7 mingdan ortiq takliflar
kelib tushgan. Ularni har tomonlama ko‘rib chiqish yakuniga ko‘ra,hujjatga qariyb
100 ta konseptual hamda 200 dan ortiq aniqlashtiruvchi tahririy o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritilgan.
Farmonda O‘zbekistonni keyingi 5 yilda rivojlantirishning 7 ta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha 100 ta maqsadlarga erishishga qaratilgan va 2022- yilda
bajarilishi
lozim
bo‘lgan
398
ta
chora-tadbirlar
nazarda
tutilgan.
Rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga 2022-yilda umumiy
qiymati 55 trillion so‘m va 11,7 milliard dollar mablag‘lar ajratilishi rejalashtirilgan.
Yangi O‘zbekistonni rivojlantirishning taraqqiyot strategiyasi 7 ta ustuvor
yo‘nalishdan iborat bo‘lib, har bir yo‘nalish quyidagicha nomlangan:
1-yo‘nalish. Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada
rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
2-yo‘nalish. Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini
taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
3-yo‘nalish. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, va yuqori o‘sish sur‘atlarini
taminlash;
4-yo‘nalish. Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
5-yo‘nalish. Ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va
yangi bosqichga olib chiqish;