5А140602 География (ўрганиш обьекти бўйича) мутахассислиги магистранти Акабоев Исматулланинг 2017-2018 ўқув йилида Илмий-педагогик ишларни бажариш бўйича октябрь ойи учун тайёрлаган



Yüklə 43 Kb.
tarix24.06.2023
ölçüsü43 Kb.
#134920
6rayhona


70540101- Matematika (Differensial tenglamalar va matematik fizika) mutaxassisligi 1-kurs qabul magistranti R.Umarovaning 2022-2023 (qishki) o’quv yilida Ilmiy-pedagogik ishlarni bajarish bo’yicha aprel oyi uchun tayyorlagan
HISOBOTI
Ilmiy-pedagogik ishlar

  1. 2023-yil 30-mart. Navbatdagi ilmiy pedagogik faoliyat soatida ilmiy rahbarim boshchiligida o’quv reja tuzilishi, bunda o’quv yuklamasi hajmi hujjatda ko’rsatilgan, turli o’quv jarayonlari: ma’ruzalar, seminarlar, kurs ishlari va boshqalarga ajratilgan vaqt me’yorlariga qarab hisoblanadi. Bir yilda o’quv soatlari hajmi 400 soatdan kam bo’lmasligi tavsiya etilganligi haqida o’rgandim. Shu bilan bir qatorda ma’ruzalarni ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega bo’lgan professor-o’qituvchilar o’qiydilar. Professor, dotsent va katta o’qituvchilar yetarli bo’lmaganda, shuningdek o’quv mashg’ulotlari hajmi ko’p bo’lganda ma’ruza mashg’ulotlarini unvon va darajalari bo’lmagan o’qituvchilar o’tkazishlari mumkin. Agar ilgari ilmiy darajasi bo’lmagan o’qituvchilarning ma’ruza mashg’ulotlarini o’tish yuklamasi yiliga 100 soatdan oshmasligi kerak bo’lsa, endi ularga bir yilda 250 soatgacha hajmda ma’ruza o’qishlariga ruxsat berilishi haqida tushunchaga ega bo’ldim.

  2. 2023-yil 6-aprel. Navbatdagi ilmiy pedagogik faoliyat soatida rejada belgilangan vazifalar yuzasidan kafedra pedagog xodimlarining fan dasturi tuzilishini o’rgandim. Bunda navbatdagi ilmiy pedagogik faoliyat soatida rejada belgilangan vazifalardan Oliy ta’lim muassasalari kafedralarida ish yuritish tizimini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan yo’riqnomalar bilan tanishib, unga ko’ra kafedraning ish faoliyati uchun zarur bo’lgan yig’ma jildlar va ularda hujjatlarning jamlanishini o’rganib chiqdim. Navbatdagi ilmiy pedagogik faoliyat soatida rejada belgilangan vazifalardan kafedraning ishchi dastur tuzilishini o’rganish vazifasini bajardim. Unga ko’ra o’quv jarayoni ish rejasida xafta kesimida dars soatlarining taqsimlanishi bilan tanishib chiqdim.Shu bilan birga, har bir semestrga 15 haftadan kunlar ajratilganligi va har bir haftada dars soatlari taqimlanishligini ham o’rgandim.

  3. 2023-yil 13-aprel. Navbatdagi ilmiy pedagogik faoliyat soatida rejada belgilangan vazifalar yuzasidan guruh jurnallarini yuritish bo’yicha yuriqnoma bilan tanishdim. Guruh jurnallarini yuritishda o’quv reja asosida o’tiladigan fanlar jurnalga qayd etib borilishi, shu bilan bir qatorda magistr talabalarning kunlik davomatlari guruh jurnallarida qayd etilib borishini o’rgandim. Kafedra professor o’qituvchilari tomonidan TTJ da navbatchilik vaqtidagi tashkil etilgan ma’naviy va ma’rifiy tadbirda ishtirok etdim. Tadbirda TTJning umumiy xususiyatlari o’rganildi va yo’l qo’yilgan kamchiliklar talabalar bilan birgalikda bartaraf etildi.

  4. 2023-yil 20-aprel. Navbatdagi ilmiy pedagogik faoliyat soatida rejada belgilangan vazifalar yuzasidan bakalavriat yo’nalishi o’quv rejasi o’qitilishi yuzasidan barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari o’quv ishlarini o’z ichiga olgan o’quv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 soat qilib belgilanishi haqida tushuncha oldim. Navbatdagi ilmiy pedagogik faoliyat soatida rejada belgilangan vazifalar yuzasidan bakalavriat yo’nalishi o’quv rejasida o’quv soatlarini bloklarga ajratish, ixtisoslik va tashqi fanlarning o’quv dasturiga kiritilishi va ularga ajratigan soatlar rejasi haqida ma’lumot oldim.


Hisobot Matematika kafedrasining ___ ________ 2023 - yil ___-sonli yig’ilishi bayonnomasida muhokama qilingan va ma’qullangan.


Magistr: R.Umarova
Kafedra mudiri: A.Mashrabboyev
Ilmiy rahbar: F.Dexqonov
Yüklə 43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin