18. Nyutonning II- qonuni formulasini yozing. _______________________
19. Nyutonning qaysi qonuni aks ta’sir qonuni deb ham ataladi ? _____________
20. Jismning inertlik xossasini qaysi kattalik tavsiflaydi ? _____________________
Javoblar:
№
№
№
1
B
8
B
15
A
2
A
9
D
16
4 °C
3
D
10
A
17
0,06 N
4
A
11
C
18
a=F/m
5
C
12
C
19
Uchinchi qonun
6
A
13
D
20
massa
7
D
14
C
5 – NAZORAT ISHI Nazorat ishi mavzusi: Dinamika asoslari
Nazorat shakli: Yozma ish
I – variant 1. Massasi 2 t bo’lgan avtomobil – tirkagich bikrligi 100 kN/m ga teng bo’lgan tros bilan ta’minlangan. Agar u shatakka olish paytida 0,5 m/s2tezlanish bilan harakatlansa, tros qanchaga uzayadi ?
2. Bir – biridan 1 km masofada turgan 10 000 t va 12 000 t massali yuk kemalari orasida qanday tortish kuchi hosil bo’ladi ?
3. Lift ma’lum muddat 1,2 m/s2 tezlanish bilan yuqoriga ko’tarilishi ma’lum bo’lsa, uning kabinasidagi massasi 80 kg bo’lgan odamning og’irligi shu paytda qanchaga teng bo’ladi ? Erkin tushish tezlanishi g=9,8 m/s2.
Javoblar: 1) Δl=1 sm 2) F=0,008 N 3) P=880 N
II – variant 1. Massalari 400 t va 900 t bo’lgan ikki osmon jismi ( meteorit ) orasidagi masofa 3600 km bo’lsa, ular bir – birini qanday kuch bilan tortadi ?
2. Parashyutda sakragan sportchining massasi 100 kg ga teng bo’lib, 4,3 m/s2 tezlanish bilan Yerga yaqinlashmoqda. Uning og’irligi nimaga teng ? Erkin tushish tezlanishi g=9,8 m/s2.
3. Jism aloqa minorasidan gorizontal yo’nalishda 20 m/s tezlik bilan otildi va minora asosidan 100 m masofaga borib tushdi. Jismning harakatlanish vaqtini va minora balandligini hisoblang. Erkin tushish tezlanishi g=10 m/s2.
Javoblar: 1) F=0,18·10-5 N 2) P=550 N 3) t=5 s h=125 m
III – variant٭ 1. Oy va Quyosh orasidagi masofa 149,3 million km bo'lgan hol uchun ular orasidagi tortishish kuchini hisoblang. Oyning massasini 7,3·1022 kg, Quyoshning massasini 2·1030 kg deb oling.
2. Massasi 1,2 t bo’lgan avtomobil qavariqlik radiusi 40 m bo’lgan ko’prikdan 36 km/soat tezlik bilan o’tayotganda, uning og’irligi nimaga teng bo’ladi ? Erkin tushish tezlanishi
g=10 m/s2.
3. Massasi 2 t bo’lgan avtomobil – tirkagich bikrligi 100 kN/m ga teng bo’lgan tros bilan ta’minlangan. U shatakka olish paytida joyidan qo’zg’alib tezligini 10 s da 36 km/soat gacha oshirsa, tros qanchaga uzayadi ?
Javoblar: 1) F=4,3·1020 N 2)P=9 kN 3)Δl = 2 sm
6 – NAZORAT ISHI Nazorat ishi mavzusi: Tabiatdagi kuchlar
Nazorat shakli: Test
I – variant 1. Gapni to’ldiring: “ Bir jism sirtida ikkinchi jism sirpanmasdan dumalasa, bunda ular orasida hosil bo’ladigan ishqalanish .... deb ataladi. ” A) ... sirpanish ishqalanishi ... B) ... dumalash ishqalanishi ...
C)... tinch holatdagi ishqalanish ... D) ....sirpanma harakat ...
2. Gravtatsiya doimiysining son qiymati nimaga teng ( N ∙m2 / kg2 ) ?
A) 6.67∙10-8 B) 9,81 C) 9.11∙10 -31 D) 6.67∙10-11 3. Qaysi javobda sirpanish ishqalanish koyeffitsientining o’lchov birligi to’g’ri keltirilgan ?
A) birligi yo’q B) mm C) N/m D) N /m2 4. 1 – kosmik tezlik Yer sirti uchun nimaga teng ?
A) 16,7 km/s B) 11,2 km/s C) 7,9 km/s D) 9,81 km/s
5. Birinchi marta inson qachon kosmosga uchgan ?
A) 1773-yil B) 1961-yil 12 aprel C) 2001-yil 10-may D) 1957 yil 4 oktabr