6- bob. Geo information tizimning konsepsiyasi va talablari



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə4/5
tarix03.02.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#82684
1   2   3   4   5
Vizualizatsiya (grafik ko‘rinish) – tasvirning genyeratsiyasi, shu jumladan kartografik va boshqa grafikalarni ko‘rinishi uskunalarda (monitorda). Dastlabki raqamli ma’lumotlarni maxsus algoritmlar yordamida o‘zgartirish asosida geografik ma’lumotlarni kompakt va odatiy ko‘rinish uslubi bu – xaritalardir. Elektron xarita(EK)- kartografik tavir, raqamli xaritalar va GIT ma’lumotlar bazasi asosida. Elektron atlas (EA)- elektron xaritalar shaklidagi vizualizatsiya tizimi, elektron xaritalarga funksional o‘xshash elektron kortografik asar. Jadvallar va grafiklar ob’yektlarini xar xil xarakteristikalarini jalb qilib, mustaqil ravishda yoki boshqa vizualizatsiya vositalari bilan ishlatilishi mumkun.
Animatsiya, dinamik jarayonlarniko‘rsatish uchun ishlatiladi, ya’ni statik tasvirlarning birin ketin ko‘rsatilishi, natijada tasvirlarning uzluksiz almashish illyuziyasi yaratiladi.
GIT ma’lumotlar bazasi dizaynini yaratishda foydalanuvchilar turli ob’yektlarni tasavvur qilishni aniqlaydilar. Masalan: yer uchastkalari poligon sifatida, ko‘chalar markaziy chiziqlar, quduqlar nuqtalar sifatida va hokozo. Bu ob’yektlar ob’yekt sinflari sifatida guruhlanadi, har bir to‘plam yagona geografik tasavvurni vujudga keltiradi.
GIT ma’lumotlarining har bir to‘plami atrofni o‘rab turgan ma’lum bir ob’yekt haqidagi tasavvurlarni shakllantiradi.
Xududning virtual modemi (XVM)-xudud modeli yer yuzasining relefi to‘g‘risida, uning spektakl yorug‘ligi va ushbu xududda joylashgan interaktiv vizualizatsiyaga mo‘ldallangan ob’yektlar to‘g‘risida ma’lumotga egadir.
XVM xududda brlik efektini ta’minlaydi, uch o‘lchamli statistik saxna ko‘rinishida ko‘rsatilishi mumkin yoki xudud ustida parvoz emitatsiya rejimida ko‘rsatilishi mumkin, bunda kuzatuvchi belgilangan kordinatalar nuqtasida turadi.
Keyingi GIT turi geografik ma’lumotlar to‘plami va ushbu ma’lumotlar to‘plamiga qo‘llaniladigan operatorlar (vositalar) bilan ifodalanadi. Geografik ma’lumotlar to‘plamlari dastlabki "xom" o‘lchovlar bo‘lishi mumkin (masalan, yo‘ldosh rasmlari), tahlilchilar tomonidan sharhlanadigan va tuzilgan ma’lumotlar (masalan, yo‘llar, inshootlar yoki tuproq turlari) yoki qo‘shimcha tahlil yoki modellashtirish orqali boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar. Geoprosessing, olingan ma’lumotlar to‘plamlarini yaratish uchun ishlatiladigan vositalar va protseduralardan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
GIT fazoviy ma’lumotlarni qayta ishlash uchun keng vositalarni taklif etadi. Ushbu vositalar ma’lumotlarning to‘plamlari, atributlar maydonchalari va xaritalarni bosib chiqarish uchun kartografik elementlar kabi GIT ma’lumot ob’yektlari bilan ishlashda ishlatiladi. Ushbu rivojlangan buyruqlar va ma’lumotlar ob’yektlari birgalikda geografik ma’lumotlarni qayta ishlash (geoprosessing) uchun rivojlangan muhitning asosini tashkil qiladi.
GIT uskunalari ko‘p odimli qurilish bloki bo‘lib xizmat qiladi. Uskuna yangi ma’lumot olish uchun mavjud ayrim ma’lumotga nisbatan operatsiya qo‘llaydi. Geoishlov muhiti GITda mazkur operatsiyalar turkumini izchil bajarish uchun foydalaniladi. Yagona zanjirga bog‘langan operatsiyalar ma’lumotlarni ishlovdan o‘tkazish jarayonining modelini shakllantiradi. Operatsiyalarni bajarishning bunday yagona izchilligi GITda geoishlovning ko‘plab vazifalarini bajarish jarayonini avtomatlashtirish uchun qo‘llaniladi. Bunday tadbirlarning yaratilishi va qo‘llanilishi geoishlov deb ataladi.

6.3.6- rasm. Geoishlov qo‘llanilishi.
To‘liq huquqli GITda umumiy foydali Ma’lumotlar mavjud bo‘lib va ular bilan ishlash uchun keng doiradagi GIT-operatorlar mavjud.
Masalan, ArsGIS tizimi turli xil geografik ma’lumotlarga ega bo‘lgan GIT muhitida ishlaydigan minglab operatorlar bilan boy GIT tiliga ega.
Geoishlov qo‘llanilishi: (6.3.6- rasm)

  • O‘rganilayotgan hududda yerdan foydalanish.

  • O‘rganilayotgan hududdan qishlok xo‘jalik yerlarini tanlash.

  • Zaxarli ximikatlar qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan hududlar.

  • Daryo havzasi hududi.

  • Geologiya.

  • Daryo havzasi bo‘ylab geologiyani kesib ko‘rsatish.

  • O‘rganilayotgan hudud geologiyasi.

  • Suv siziladigan tuproq maydonlari.

  • Suv siziladigan tuproqlarda zaharli ximikatlarni tanlash.

  • Suv siziladigan tuproqlarning zaharli ximikatlar tushishi mumkin bo‘lgan maydonlari.

Geoishlov GITning ko‘plab standart vazifalarini - masalan, turli formatlardan Ma’lumotlarni import qilish, mazkur ma’lumotlarni GITga integratsiyalash, import qilinayotgan ma’lumotlar sifatini tekshirishga doir standart tadbirlarni amalga oshirish uchun bajarish maqsadida ma’lumotlarni bir tizimdan ikkinchisiga uzatish jarayonlarini modellashtirish uchun qo‘llaniladi. Bunday ish jarayonlarini avtomatlashtirish va qaytadan bajarish imkoniyatining mavjudligi GITning ustun jihatidir. U ko‘plab GIT-ilovalar hamda ular bilan ishlash senariylarida keng qo‘llaniladi.
Geoishlov jarayonida ish oqimlarini tuzish uchun foydalaniladigan mexanizm qator buyruqlarni ma’lum izchillikda bajarishi lozim. AgsGISdan foydalanuvchilar ModelBuildyer tm intyerfeys yordamida grafik shaklda shunday jarayonlarni yaratishlari mumkin, ular shuningdek Ruthon, VBScript va JavaSsript kabi zamonaviy dasturlash vositalari yordamida skriptlar yozishlari mumkin.
Geoishlov ma’lumotlarni avtomatlatlashtirish va kompilyasiyalash, ma’lumotlarni boshqarish, tahlil qilish va modellashtirish hamda kartografiyani rivojlantirish uchun GIT bilan ishlashning barcha bosqichlarida keng qo‘llaniladi.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin