6- bob. Geo information tizimning konsepsiyasi va talablari


Geo information tizimlarda tasvirli atributlar (belgilar, topologiya va tarmoqlar)



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə2/5
tarix03.02.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#82684
1   2   3   4   5
6.2 Geo information tizimlarda tasvirli atributlar (belgilar, topologiya va tarmoqlar)
Geografik tasavvurlardan tashqari GIT ma’lumotlari to‘plami geografik ob’yektlarni tasvirlovchi an’anaviy jadval atributlarini ham o‘z ichiga oladi. Ko‘plab jadvallar geografik ob’yektlar bilan umumiy maydonda o‘zaro bog‘liq bo‘lishi mumkin (aksariyat hollarda ularni tayanch sifatida atashadi). Bu tipdagi axborotlar to‘plami jadvallardan iborat bo‘ladi va GIT ma’lumotlar modelida o‘zaro bog‘liklik asosida muhim rolga ega bo‘ladi. Ma’lumotlar bazasidan foydalanishda jadvallar qo‘l keladi.

6.2.1- rasm. Geografik ob’yektlar va belgilar (munosabati) aloqadorligi.
6.2.1- jadval. Borliq ob’yektlari sinflari jadvali.

PIN

Area

Addr

Code

334-1626-001

7,342

341 Chyerry Ct.

SFR

334-1626-002

8,020

343 Chyerry Ct.

UND

334-1626-003

10,031

345 Chyerry Ct.

SFR

334-1626-004

9,254

347 Chyerry Ct.

SFR

334-1626-005

8,856

348 Chyerry Ct.

UND

334-1626-006

9,975

346 Chyerry Ct.

SFR

334-1626-007

8,230

344 Chyerry Ct.

SFR

334-1626-008

8,645

342 Chyerry Ct.

SFR

6.2.2- jadval. Mulkdorlar haqidagi ma’lumotlarning bog‘liklik jadvali.



PIN

Ownyer

Relat.

Acq.Date

Assessed

TaxStat







334-1626-001

G. Hall

SO

1995/10/20

$115,500.00

02




334-1626-002

H. L Holmes

UK

1993/10/06

$24,375.00

01




334-1626-003

W. Rodgyers

HW

1980/09/24

$175,500.00

02




334-1626-004

J. Williamson

HW

1974/09/20

$135,750.00

02

334-1626-005

P. Goodman

SO

1966/06/06

$30,350.00

02




334-1626-006

K. Staley

HW

1942/10/24

$120,750.00

02




334-1626-007

J. Dormandy

UK

1996/01/27

$110,650.00

01




334-1626-008

S. Gooley

HW

2000/05/31

$145,750.00

02




Topologiya va tarmoqlar singari o‘lchamlar munosabati GIT Ma’lumotlar bazasining eng muhim qismlari hisoblanadi. Tipologiya ob’yekt o‘lchamlari orasidagi umumiy chegaralarni nazorat qilish jarayonida qo‘llaniladi, ularning yaxlitligini saqlagan holda so‘rov va navigatsiyalarda zarur Ma’lumotlarni taqdim etadi. Tipologiya, shunigdek o‘lchamli ob’yektlarning tuzilishini tahrirlash, kerak paytda zarur o‘zgartirishlarni kiritish imkonini beradi (masalan, chiziqlar yordamida poligon qurishda).



6.2.2- rasm. Umumiy geometrik xususiyatli geografik ob`yektlar.

Ob’yektlarning geometriyasini tugunlar, qirralar va yoqlari o‘rtasidagi munosabatlar orqali tasvirlash mumkin.


GIT-ob’yekt bilan bog‘langan tarmoqlar shu yo‘nalish asosida ko‘chirish imkoniyatini anglatadi. Bu transport, truboprovod, muhandislik kommunikatsiyalari, gidrologiya va boshqa ko‘plab amaliy topshiriqlarni bajarish yo‘nalishi novigatsiyalarini modellarini loyihalashda qo‘l keladi.



6.2.9- rasm.Yo‘nalish novigatsiyalarini modellarini loyihalash.

GIT (GIT) - geografik axborotlar tizimi maydonlarga doir Ma’lumotlarni tematik qatlamlar va jadvallar turkumiga jamlaydi. GITdagi Ma’lumotlar to‘plami bir-biri bilan geografik bog‘liqligi sababli ularning aniq o‘rinlari mavjud va ular bir-birining ustiga joylashtiriladi.


6.2.3- rasm. GITda maydonlarga doir ma’lumotlarning integratsiyalashuvi.

GITda maydonlarga doir ma’lumotlarning ko‘plab turlari integratsiyalashadi.
GITda geografik ob’yektlarning o‘xshash to‘plamlari yer maydonlari, quduqlar, bino va inshootlar, relefning ortofotosuratlari va raqamlangan rastrli modellari (SMR, DEM) jamlangan. Aniq belgilangan geologik ma’lumotlar to‘plami Geoinformatsiya tizimi uchun o‘ta muhim bo‘lib, qatlamlarga asoslangan axborotlarni tematik jamlash tushunchasi esa GIT ma’lumotlar to‘plami konsepsiyasi uchun muhim hisoblanadi.
Ma’lumotlar to‘plamlari quyidagilarni aks ettirishi mumkin:

  • Dastlabki “chala” o‘lchovlar (masalan, sputnikdan olingan tasvirlar)

  • Kompelyativ va izohlangan axborotlar

  • Tahlil qilish va modellashtirish maqsadida bajarilgan geologik amallar jarayonida olingan ma’lumotlar.

Maydonlararo munosabatlarning aksariyati ularning geografik joylashuvining umumiyligi tufayli oson aniqlanadi.
GIT oddiy ma’lumotlar qatlamlarini umumiy GIT-ob’yektlari toifasidagi ma’lumotlar kabi boshqaradi va ma’lumotlar qatlamlari bilan ko‘plab asosiy munosabatlarni aniqlash uchun ishlash jarayonida boy vositalar to‘plamidan foydalanadi.
GIT aksar hollarda turli tashkilotlardan olingan ko‘plab tasavvurlar aks ettirilgan ko‘p sonli ma’lumotlar to‘plamidan foydalanadi. Shu sababli GIT ma’lumotlari to‘plamlari quyidagicha:

  • foydalanish uchun oson va tushunish uchun jo‘n bo‘lishi;

  • boshqa geografik ma’lumotlarga mos bo‘lishi;

  • samarali kompilyasiya qilinadigan va baholanadigan bo‘lishi;

  • rejalashtirilayotgan mavzu va ishga muvofiq keladigan tushunarli hujjatlar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.

GITning xar qanday ma’lumotlar bazasi yoki fayllar bazasida mazkur tamoyil va konsepsiyalarga qat’iy amal qilinadi. Har qanday GIT uchun geografik ma’lumotlarni mana shunday kontekstda tasvirlash mexanizmi, shuningdek mazkur axborotlardan foydalanish va ularni boshqarish uchun boy uskunalar to‘plami kerak bo‘ladi.
Topologiya – bu geometrik jihatdan bir-biriga bogʻliq boʻlgan shakllarning majmuasi va ilmidir. Topologik modellar kartalar elementi va kartani toʻlaligicha grafik ravishda tasvirlashga imkon beradi. GATning boshqa dasturiy tizimlardan farqi ham aynan topologiyalar bilan ishlashga moʻljallanganligidadir. Topologiya obyektlarning fazoviy bogʻlanishlarini aniqlovchi jarayondir. Shuni aytish joizki, kartalardagi chiziqli va maydonli obyektlar uchun topologiya tushunchasi turlicha qoʻllaniladi. Masalan, chiziqli obyektlarning topologiyasi chiziqlar toʻplamida ularning bir-biriga aloqadorligi, yoʻnalishi va uzunliklari aniqlanganda qoʻllanilsa, maydonli obyektlar topologiyasi deganda maydonlarning mazmuni, bir-biriga nisbatan joylashuvi (qoʻshni joylashuvi) kabilar tushunilishi zarur.
Topologiyalash – bu topologiya qurishning avtomatik yoki interaktiv (yarim avtomatik) jarayonidir. Lekin topologik boʻlmagan modellarni vektor topologik modellarga oʻzgartirish jarayonini vektorlash jarayoniga kiritishimiz oʻrinlidir.
GATda qoʻllaniladigan topologiya tushunchasini kengroq yoki qiyosiy darajada geometriya fani orqali tushuntiradigan boʻlsak, quyidagicha ta’riflash mumkin: GATdagi topologiyada fazoviy ma’lumotlar yoki vektor topologik modellardagi geometrik shakllarning bir-biriga nisbatan joylashuvi va ularning mazmun- mohiyati oʻrganilsa, geometriya fanida geometrik shakllarning fazoda qanday joylashganligi oʻrganiladi. Topologiyani tasvirlashda geografik obyektlarning aloqadorlik roʻyxati tuziladi, ya’ni bunda obyektlarning bir-biriga qanday bogʻlanishi, davomiyligi va maydonli obyektlarning chegaralanishi aks etadi.
Agar biz shu kungacha kartadagi obyektlarni nuqta, chiziq va poligonlar yordamida tasvirlash usullarini oʻrgangan boʻlsak, topologiya oʻsha usullarga qoʻshimcha hisoblangan mazkur obyektlarning fazoviy jihatdan bir-biriga bogʻliqligini ham oʻrganadi. Masalan, kartada bir-biriga qoʻshni boʻlgan ikkita yer uchastkasini koʻrishimiz mumkin. Raqamli kartalarda mana shunday bir- biriga bogʻliqliklarni tasvirlash usullari topologiya yordamida koʻrsatiladi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin