6 – laboratoriya ishi yorug‘likning qutblanish hodisasini o‘rganish



Yüklə 19,32 Kb.
səhifə1/5
tarix14.12.2023
ölçüsü19,32 Kb.
#178994
  1   2   3   4   5
6 – laboratoriya ishi yorug‘likning qutblanish hodisasini o‘rgan-fayllar.org


6 – laboratoriya ishi yorug‘likning qutblanish hodisasini o‘rganish

6 – laboratoriya ishi

YORUG‘LIKNING QUTBLANISH HODISASINI O‘RGANISH

Ishning maqsadi: Malyus qonunini o‘rganish; Bryuster qonunini o‘rganish. Chiziqli qutblangan yorug‘likdan doiraviy va elliptik qutblangan nurlanish olish.


Kerakli asboblar: yorug‘lik manbai, qutblantirgich, qabul qilgich, milliampermetr.


Ishni bajarish uchun asos
1. Nazariy qism va qurilmaning tuzilishi bo‘yicha qisqa, ishni bajarish tartibi va jadval to‘liq bo‘yica to‘liq konspekt.
2. Ishni bajarish tartibini bilish.
Ishni himoya qilish uchun asos
1. Xalqaro birliklar sistemasi (XBS) da amalga oshirilgan hisob-kitob va rasmiylashtirilgan hisobot.
2. Sinov savollariga javob berish.


NAZARIY QISM
Elektromagnit yorug‘lik to‘lqinida elektr va magnit vektorlari tartibli ravishda tebransa bunday to‘lqinga qutblangan to‘lqin deyiladi. Agar berilgan nuqtadan elektromagnit to‘lqini o‘tayotganda elektr maydon kuchlanganligi ma'lum yo‘nalishdagi tekislikda tebranayotgan bo‘lsa, bunday to‘lqinni yassi yoki chiziqli qutblangan deyiladi (12.1 a-rasm). Agar berilgan nuqtadan elektromagnit to‘lqin o‘tayotganda, uning elktr maydon kuchlanganligi E modul jihatdan o‘zgarmas bo‘lib, tarqalish o‘qi yo‘nalishi atrofida doira bo‘ylab aylansa bunday to‘lqinga doiraviy qutblangan to‘lqin deyiladi (12.1 b-rasm)

Doiraviy qutblangan to‘lqinni bir-biriga nisbatan ko‘ndalang yo‘nalishda tebranuvchi, amplitudalari o‘zaro teng (A1A2), lekin fazalar farqi 2 bo‘lgan ikki chiziqli qutblangan to‘lqinlar yig‘indisidan iborat deb qarash mumkin. Agar ikki to‘lqinning A1 va A2 amplitudalari o‘zaro teng bo‘lmasa, ularning qo‘shilishidan elliptik qutblangan to‘lqin hosil bo‘ladi (12.2-rasm).


ExA1cost
EyA2cos(t )
Elliptik qutblangan to‘lqinning natijaviy elektr maydon E vektori bilan x o‘qidagi tashkil etuvchisi orasidagi  burchak quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
tg     tgt (12.1)

Natijaviy elektr vektorining aylanish yo‘nalishiga qarab chap va o‘ng doiraviy yoki elliptik qutblangan to‘lqinlar deyiladi. Agar to‘lqinga uning tarqalish yo‘nalishi tomonidan qaralganda elektr maydon vektori E soat millari aylanish yo‘nalishida aylansa bunday qutblanishga o‘ng, aksi bo‘lsa chap qutblanish deyiladi.




Yüklə 19,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin