6- mavzu O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. T
Fuqaro. Fuqarolik va uning mohiyati. Ijtimoiy hayotda fuqarolik
madaniyatning shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlarni vujudga keltirish:
jamiyat va shaxs (fuqaro) manfaatlariga to‘la mos keladi. SHu sababli Respublika
mustaqilligi sharoitida fuqarolik tarbiyasini tashkil etish mazmunini tubdan
yangilash zaruriyati yuzaga keldi. Fuqarolik tarbiyasini keng ko‘lamli (kompleks)
tarzda tashkil etish – bugungi kun da’vati va talabi bo‘lib qolmoqda. Ushbu talabni
ijobiy ravishda hal etish oila - ta’lim muassasalari - jamoatchilik - davlat - jamiyat
o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik muhim ahamiyatga ega.
Fuqaro – fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyan
jamiyat (davlat) a’zosi bo‘lgan shaxs. O‘z fuqarolariga ega bo‘lish har bir
davlatning zarur va muhim belgisi sanaladi. Fuqarolarning mavjudligi sababli
davlat mavhum tushuncha bo‘lmay, muayyan mexanizmga ega sub’ekt sifatida
maydonga chiqadi. Huquqiy o‘rni qonun yo‘li bilan kafolatlangan shaxsning davlat
ichkarisida yoki tashqarisida bo‘lishidan qat’iy nazar, ma’lum bir davlatga
qarashliligi holati fuqarolik deyiladi. O‘zbekiston fuqarosi O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi hamda Respublika Oliy Majlisi tomonidan qabul
qilingan tegishli qoidalar, belgilangan huquqlardan foydalana oladi, qonunlarda
ko‘rsatilib o‘tilgan burchlarni bajaradi.
Fuqarolik huquqiy va axloqiy me’yorlarga ongli rioya etish, ma’lum
huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas’ullik bilan yondoshuv,
mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma’naviy etuklik asosida muayyan davlatga
mansublikdir. Demak, «fuqarolik o‘z davlatiga nisbatan huquq va burchlar bilan
bog‘langan, huquqiy va axloqiy me’yorlarga ongli rioya etishni, mehnat va
jamoada faollikni, ma’naviy etuklikni nazarda tutadi».
Fuqarolikning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardir:
- muayyan davlat (jamiyat) a’zosi ekanligini his etish, shaxs taqdiri davlat
va jamiyat hayoti bilan uzviy, chambarchas bog‘liq ekanligini tushunib etish;
- xalq, davlat oldidagi fuqarolik huquq va burchlarini qonunchilik asosida
bilish, ularga so‘zsiz, qat’iy amal qilish;
- o‘z xalqi, davlati o‘tmishiga hurmat tuyg‘usini qaror toptirish, shaxsiy
manfattlaridan Respublika (Vatan) manfaatlarini ustun qo‘ya bilish, xalq va Vatan
ravnaqi, istiqboli uchun kurashishga tayyorlik, yurt tinchligini himoya qilish,
asrab-avaylash;
- davlat ramzlariga nisbatan cheksiz muhabbatni qaror toptirish, ularning
muhofazasi uchun tayyorlik, davlat ramzlarining millat, xalq or-nomusi, sha’ni,
qadr-qimmati ekanligini anglash;
- ijtimoiy-siyosiy onglilik, ijtimoiy faollik, davlatning ichki va xalqaro
siyosati qoidalarini tushunish va idrok qilish;
- milliy va umuminsoniy axloq hamda huquq me’yorlarini buzilishiga
nisbatan murosasiz kurashish.