tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaning yo‘lga qo‘yilishi, uning turli yo‘nalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, o‘z-o‘zini tarbiyalab borishi natijasida shakllanadi. Yosh avlod dunyoqarashining
shakllanishida ta’lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan tabiiy, ijtimoiy va
gumanitar fanlar asoslarining ular tomonidan puxta o‘zlashtirilishi muhim o‘rin
tutadi.
Shaxsning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, hayotiy yondoshuvlari, uning uchun
ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlar hamda axloqiy tamoyillar mohiyati u
ega bo‘lgan dunyoqarash mazmunini ifodalaydi. O‘z navbatida dunyoqarashning
boyib borishi shaxsning shaxsiy sifat va fazilatlarining tobora barqarorlashuvini
ta’minlaydi. O‘z mazmunida ezgu g‘oyalarni ifoda etgan dunyoqarashshaxs
qiyofasida namoyon bo‘layotgan ijobiy fazilatlarning boyib borishiga yordam
beradi.
O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismlari Dunyoqarash o‘z mohiyatiga ko‘ra, ilmiy (muayyan falsafiy tizimga ega) va
oddiy (muayyan falsafiy tizimga ega bo‘lmagan) dunyoqarash tarzida farqlanadi.
Ilmiy dunyoqarash asosida uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta
o‘zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida
barqarorlik kasb etgan g‘oyalar yotadi.
Shaxs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega
murakkab jarayon sanaladi. Aqliy rivojlanishning nima ekanligini aniqlash uchun
“fikrlash” va “aql kuchi” tushunchalariga to‘xtalish lozim bo‘ladi.
Amaliy tajribamimizda fikr so‘zini juda ko‘p uchratamiz. Oddiy qilib
aytganda, ob’ektiv olamdagi voqea-hodisalarni ongimizga ta’sir etishi natijasida
hosil bo‘lgan tuyg‘u fikr deb ataladi. Uning tub mohiyati shundaki, fikrimiz orqali
biz ko‘zimiz bevosita ilg‘amayotgan, ko‘z o‘ngimizda bo‘lmagan, bo‘lgan taqdirda
ham o‘sha narsaning ichki xususiyatiga aloqador bo‘lgan «sirli» jihatalarini ko‘rish
imkoniga ega bo‘lamiz.
1
Fikrlash esa,shaxs bilish faoliyati jarayoni bo‘lib, voqelikni bevosita va
umumlashgan holda aks ettrish bilan xarakterlanadi. Boshqacha aytganda, u
aqliy faoliyat mahsuli. Eng qizig‘i fikrlash merosiy tushuncha, u barcha
inchonlarga xos. Falsafiy, pedagogik, psixologik adabiyotlarda fikrlashning 20
dan ortiq turlari ajratib ko‘rsatiladi:
mantiqiy;
abstrakt(mavhum);
1
Karimova V. va b. Mustaqil fikrlash – Т.: 2001 6-b.
umumlashgan;
nazariy;
texnik;
reproduktiv;
ijodiy(produktiv);
tizimli;
kategorial;
induktiv;
deduktiv;
algoritmik;
tanqidiy;
mustaqil va boshqalar.