Ma’naviy-axloqiy tarbiyada yana bir eng qimmatli qadriyat erkinlikdir.
Ta’limni demokratlashtirish bilan birga shaxs erki va huquqini hurmat qilish
rivojlanadi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchi shaxsida mas’uliyatni his etish, ongli
intizomga rioya etish ko‘nikmalarini tarbiyalaydi. SHuningdek, vtanparvarlik,
xalqlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik, ms’uliyatni his etish, burch, or-nomus,
vijdonlilik, tartiblilik, adolatlilik va boshqa xislatlar tarbiyasi katta ahamiyatga ega.
Bugungi
kunda jinsiy tarbiya, mehnat tarbiyasi yanada muhim ahamiyat
kasb etmoqda. Sog‘lom turmush tarzini tarkib toptirish, ayniqsa, zarurligini
kundalik hayot tarzi yanada yaqqol namoyon etmoqda.
Tekinxo‘rlik, narkomaniya, tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni
iste’mol qilish, fahsh, johillik kabi salbiy illatlar ham hayotda uchrab turadi. Bu
illatlar insonning axloqiy qiyofasinigina emas, balki o‘zini ham emirib boradi.
Inson ham ma’naviy, ham jisman haloq bo‘ladi. SHu bois insonning ma’naviy-
axloqiy tarbiyasini tashkil etish ijtimoiy tarbiyaning boshqa yo‘nalishlaridan ustun
qo‘yilishi zarur. Binobarin, ma’naviy-axloqiy tarbiya yosh avlod tarbiyasi bilan
bog‘liqdir. Agar tarbiyaning boshqa yo‘nalishlarida muayyan tarbiya (masalan,
jismoniy, huquqiy va boshqalar) u yoki bu tarbiyaviy tadbirlar tizimiga asoslansa,
ma’naviy-axloqiy tarbiyada esa har bir tarbiyalanuvchining o‘ziga xos
xususiyatlarini,
shuningdek, tarbiyaviy vaziyatni inobatga olgan holda, yaxlit
tarbiyaviy ishlar rejalashtiriladi va unga mos metod hamda usullar tanlanadi.
Tarbiyaviy tadbirlar rejasini ishlab chiqish, tadbirlarni tashkil etishda
ma’naviyat, axloq inson ongining shakli, inson madaniyatining bir qismi ekanligi
haqidagi tushunga ega bo‘lish nazarda tutiladi. Ma’naviyat va axloqning mohiyati,
uning me’yorlari va tamoyillari mazmunini tushunish o‘quvchilarni ma’naviy-
axloqiy jihatdan fikr yuritishlariga imkon beradi. Natijada ular o‘zlari va
boshqalarning xatti-harakatlarini ana shu nuqtai nazardan baholaydilar. Ma’naviy-
axloqiy tushunchalar, baholash va muhokama yuritish asosida ma’naviy-axloqiy
e’tiqod shakllanadi va nihoyat inson xatti-harakati va xulqi aniqlanadi. Ma’naviy-
axloqiy e’tiqodga ega inson axloqiy me’yorlar, talablarni ongli bajaradi va ularga
hurmat bildiradi. Lekin ma’naviy-axloqiy me’yorlar haqida bilimga ega bo‘lish va
uni tushunish hali e’tiqodni faoliyatga
aylantiradi degan gap emas, ma’naviy-
axloqiy bilimlar qachon hayotiy tajribalarda qo‘llanilib, o‘quvchilar tomonidan
ularning faoliyatida namoyon bo‘lgandagina shakllangan deyish mumkin.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya tizimida ma’naviy-axloqiy his-tuyg‘ular inson
tomonidan, uning hovea-hodisalar, kishilar hamda o‘z xulqiga nisbatan his-
tuyg‘ularni uyg‘otishga rag‘bat paydo qiluvchi tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil
etilgandagina samarali kechadi. Mazkur tizimda xulq-atvorni shakllantirishga oid
tarbiyaviy ishlar aks etadi. SHunga ko‘ra ma’naviy-axloqiy xulq-odobga doir
xislatlarni shakllantirishga undovchi rag‘bat bilan hosil bo‘ladigan faoliyat eng
asosiy bo‘lib hisoblanadi.
SHuningdek, o‘quvchida ma’naviy-axloqiy xislatlarni
shakllantirishga
nisbatan ehtiyoj bo‘lishi shart. Demak, ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish
jarayonida uyushtiriluvchi tadbirlar xulq-odobga doir xatti-harakatlar zanjiridan
iborat bo‘ladi. Ma’naviy-axloqiy xatti-harakatlar esa o‘quvchi tomonidan axloqiy
me’yor va tamoyillar mohiyatini o‘rganish, ularni anglab etishdan iboratdir.
Xatti-harakatlar tizimi ma’naviy-axloqiy odatlarni tarkib toptiradi. Bu borada
quyidagi talablarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
- ma’naviy-axloqiy
tarbiya
axloqsizlikka
qarshi
kurashdagi
«kompaniya»ga aylanmay, maqsadga muvofiq, uzluksiz, tizimli va izchil amalga
oshirilishi zarur;
- o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy xislatlar va fazilatlarni tarbiyalash faol
hayotiy
vaziyatlar, axloqiy me’yorlar buzilgan holatlarda tarbiyalanuvchilarning
o‘z nuqati nazarlarini ifodalashlari bilan amalga oshirilishi;
- shaxsda o‘z idealiga intilishiga bo‘lgan his-tuyg‘ularini uyg‘otishga
yo‘naltirilgan xatti-harakatlarni tashkil etish borasidagi ko‘nikmalarni tarbiyalash;
- ma’naviy-axloqiy tarbiyaga doir ishlarni tarbiyalanuvchilarning
tajribasi, tarbiya qoidalarini qabul qilishlari va bunga tayyorliklari, yaxshi va
yomon xatti-harakatlarning mohiyatini tushunishlarini hisobga olgan holda amalga
oshirish;
- tarbiyalanuvchilarda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar – insoniylik,
insonga hurmat, mehr-saxovat, xushmuomalalik, ijtimoiy munosabatlarni tashkil
etishda muomala madaniyati va axloq qoidalariga rioya qilish kabi holatlarni tarkib
toptirish;
-
fuqarolik madaniyati, ongli intizom, jamoani hurmat qilish va boshqa
juda ko‘p ma’naviy-axloqiy sifatlar – boshqlarga g‘amxo‘rlik qilish, odamlarning
g‘am-tashvishi, quvonchini tushuna olish, o‘z manfaatidan o‘zgalar manfaatlarini
ustun qo‘yish, axloqiy me’yorlar hamda mavjud qonunlarga zid xatti-harakatlarni
to‘xtataolish, ma’lum xatti-harakatlarni amalga oshirishda jamoa a’zolarining fikri
bilan o‘rtoqlashish, mas’uliyatni his etish kabilarga asoslanishi kerak.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etishda o‘quvchilar xatti-harakatlarida
ko‘zga tashlanadigan salbiy odatlar – jamoa joylarida qattiq gapirish, qo‘pol
so‘zlarni
ishlatish, hissiyotga berilish, o‘ylamay gapirish, ishonli bo‘lmagan
hamda, dalillar bilan tasdiqlanmagan voqea-hodisalar haqida fikr yuritish,
boshqalarning suhbatini bo‘lish, qo‘lini silkitib gapirish kabilarning bartaraf etib
borilishiga alohida e’tibor qaratish zarur.
Arzimas bo‘lib ko‘ringan, lekin shaxsning kelajak hayot va ksbiy faoliyatni
tashkil etishda, muvaffaqiyatga ega bo‘lish yo‘lida, zarurli bo‘lgan bu kabi
odatlardan holi bo‘lishda o‘quvchilrga yordam ko‘rsatish o‘qituvchilarning muhim
vazifalaridan sanaladi.
Dostları ilə paylaş: