2 7
– Bozorlarda bo‘lar ekan,
Zargarlarda turar ekan,
Uning oti bo‘yintumor,
O‘shanga og‘riydi-ya!
– Onajon, onajon!
Quloqqinam og‘riydi-ya.
– Quloqqinangdan onang aylansin,
Nimalarga og‘riydi-ya?
– Bozorlarda bo‘lar ekan,
Zargarlarda turar ekan,
Uning oti oltin isirg‘a,
O‘shanga og‘riydi-ya!
Nazariy ma’lumot
XALQ QO‘SHIQLARI HAQIDA TUSHUNCHA
Qo‘shiq – qadimiy lirik janr hisoblanib,
kuyga solib aytishga
mo‘ljallab yoziladi. Qo‘shiq, odatda, ikki xil bo‘ladi: xalq qo‘-
shiqlari va yozma adabiyot namunasi bo‘lgan qo‘shiqlar.
Xalq qo‘shiqlari juda qadimiy tarixga ega. Ular dastlab
mehnat jarayonida paydo bo‘lgan. Qo‘shiqlarda xalqning orzu-
umidlari,
zavq-shavqi, quvonch va iztiroblari mujassamlashgan.
Qo‘shiq yozma adabiyot janri sifatida ham mashhur. Alisher
Navoiy, Bobur, Mashrab, Feruz, Ogahiy, Muqimiy, Furqat va
boshqa mumtoz shoirlarimizning she’rlari
xalqimizning sevimli
qo‘shiqlariga aylanib ketgan. Hamza, Hamid Olimjon, Turob
To‘la, Po‘lat Mo‘min, Erkin Vohidov,
Abdulla Oripov, Omon
Matchon, Usmon Azimov, Muhammad Yusuf kabi ijodkorlar
asarlarining qo‘shiq qilib kuylanishi yozma adabiyot bilan qo‘-
shiq janrining bir-biriga naqadar aloqadorligini isbotlaydi.
Xalq qo‘shiqlarida ko‘pchilikning his-tuyg‘ulari umumlash-
tirilgan holda yakka shaxs kechinmalari orqali aks ettiriladi.