6 Adabiyot II qism 2017. p65


iborat mahbuslar orasida o‘zining dushmanga nafrat



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/73
tarix27.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#59825
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73
Adabiyot 2-qism 6-sinf

iborat mahbuslar orasida o‘zining dushmanga nafrat,
kelgusi ozod va yorug‘ kunlarga ishonch bilan
yo‘g‘rilgan da’vatlari, she’rlari bilan tanildi.


1 8
!
Uning bu faoliyatidan xabar topgan fashistlar, nihoyat, shoirni
Berlinga olib kelishib, Moabit turmasining zax va qorong‘i bir
kishilik xonasiga tashlashadi...
Urushdan keyin Moabit turmasidan qutulib chiqqan belgiyalik
partizan Andre Timmermans ismli kishi Brussel (Belgiya)dagi
konsulxonaga she’rlar bilan to‘lgan bir yon daftarni olib keladi.
U mazkur daftar qamoqxonadagi yaqin do‘sti, tatar shoiri Musa
Jalilga tegishli ekanini aytib, ijodkorning o‘zi fashistlar tomonidan
vahshiylarcha o‘ldirilganini so‘zlab beradi. Daftarda Musa Jalil-
ning o‘limi oldidan yozib qoldirgan quyidagi vasiyati ham bor
edi:
«Tatarcha yozuvni taniydigan va bu daftarni o‘quvchi do‘stga.
Bularni tatarlarning taniqli shoiri Musa Jalil yozib
qoldirdi. Uning tarixi bunday... 1942-yilda urushga
ketib ham ... asirlikda ko‘p azoblar tortib qirq
o‘limdan qolib, oxirida Berlinga keltirildi. Berlinda
yashirin siyosiy uyushmada qatnashuvda ayblanib
qo‘lga tushdi va turmaga qamaldi. Balki uni o‘lim
jazosiga hukm etarlar. U o‘lar. Ammo uning asirlikda
va tutqunlikda yozgan 115 she’ri bor. U shular uchun
qayg‘uradi. Shuning uchun 115 she’rning 60 tasini
bo‘lsa hamki, ko‘chirib qoldirishga tirishdi. Ammo
bu kitob qo‘lingga tushsa, she’rlarni yaxshilab diqqat
bilan oqqa ko‘chirib saqla, ham urushdan so‘ng Qo-
zonga xabar qilib, tatar xalqining marhum shoirining
she’rlari deb nashr ettir. Mening vasiyatim shu!
Musa Jalil, 1943-yil dekabr».
Bu vasiyatnoma yozilganidan keyin oradan bir oy o‘tib –
1944-yilning yanvarida tatar xalqining asl farzandi shoir Musa
Jalil fashistlar tomonidan qatl etildi.


1 9
ISHONMA
Senga mendan xabar bersalar,
«U yiqildi charchab», – desalar,
Yo‘q, ishonma, jonim!
Bu so‘zni –
Do‘stlar aytmas yaqin ko‘rsalar.
Bayrog‘imga qon bilan yozgan
Ontim undar olg‘a borishga!
Haqqim bormi hech qoqilishga,
Haqqim bormi charchab-horishga?
Senga mendan xabar bersalar,
«U Vatanni sotdi» desalar,
Yo‘q, ishonma, jonim!
Bu so‘zni –
Do‘stlar aytmas meni sevsalar.
Yurtdan ketdim yurtni, seni deb,
Men kurashdim qonli har damda.
Yurtni, seni qo‘limdan bersam,
Nima qolar menga olamda?
Senga mendan xabar bersalar:
«Musa o‘ldi endi», – desalar,
Yo‘q, ishonma, jonim!
Bu so‘zni –
Do‘stlar aytmas meni sevsalar.
Tuproq ko‘mar tanni, ko‘molmas
O‘tli qo‘shiq to‘lgan ko‘nglimni.
«O‘lim» deyish mumkinmi, axir,
Yengib o‘lgan bunday o‘limni?
Musa Jalilning «Moabit daftari»ga kirgan bu she’ri 1943-yil-
ning 20-noyabrida, o‘limidan ikki oygina oldin yozilgan. Guvohi
bo‘lganimizdek, uning har bir bandi shoirning so‘nggi yillardagi
taqdirini o‘zida mujassam etadi. Birinchi va ikkinchi band og‘ir


2 0
!
jangda qattiq yaralanmasin, dushman qurshovini yorib chiqishga
urinayotgan, tanasidan mador ketib borayotganiga qaramay, ruhi
taslim bo‘lishni istamayotgan jangchi kechinmalarini aks ettiradi.
Bilasizki, har bir askar harbiy xizmatga kirar ekan, ont – qasam-
yod qabul qiladi. Unda qanday sharoitga tushmasin, qanday qi-
yinchiliklarga duchor bo‘lmasin, o‘z vazifasini ado etishga, yur-
tiga va xalqiga sadoqatli bo‘lishga qasam ichiladi. She’r qahramo-
nining esa bu qasamga qanchalar sodiqligini ontga berilgan ta’rif
orqali bilib olamiz: «Bayrog‘imga qon bilan yozgan ontim...»
Demak, bu jangchi qasamyodni shunchaki yodlab takrorlagan
emas. U o‘z ontiga shu qadar sodiqki, bundan avvalgi janglar
davomida bayrog‘iga tomgan qoni bilan ham buni isbotlagan.
Avval aytganimizdek, 1942-yilning iyun oyida Musa Jalil
dushman qo‘liga asir tushgach, undan oilasiga, yor-do‘stlariga
xat-xabar kelishi birdan to‘xtab qoladi. Bunday paytda askar-
ning yaqinlariga telegramma orqali «bedarak yo‘qoldi» degan
xabar yuborish rasm bo‘lgan edi. Ayrim og‘ziga kuchi yetma-
ganlar shunday taqdirga duchor bo‘lgan askarlar haqida «harqa-
lay, dushmanga sotilib ketgan bo‘lsa kerak» qabilidagi badgu-
mon gaplarni tarqatishdan ham toyishmasdi. Ayni holatni
ko‘ngli sezgan shoir she’rning uchinchi-to‘rtinchi bandida bun-
ga o‘zining qalb javobini beradi. Bu javob o‘zining qat’iyati,
mantig‘i bilan kishini to‘la ishontiradi. Darhaqiqat, yurtdan shu
yurtni, yurtdoshlarni deb qonli jangga ketgan chinakam fidoyi
inson ona Vatanini yog‘iyga sotishi mumkinmi?!

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin