3
Muhtaram o‘quvchi, yozuvchi
Said Ahmad nomi Sizga ta-
nishmi? Bir o‘ylab ko‘ring-a, Siz uni, albatta, taniysiz. «Kelinlar
qo‘zg‘oloni» nomli spektaklni yoki
kinofilmni har yili kamida
ikki marotaba respublikamiz televideniyesi namoyish etadi. Siz
uni ko‘rmagan bo‘lishingiz mumkin emas. Ko‘rgan bo‘lsangiz,
demak, Said Ahmad nomi ham Sizga ma’lum. O‘zbekiston xalq
yozuvchisi, «O‘zbekiston Qahramoni»
Said Ahmad Husan-
xo‘jayev 1920-yilning 10-iyunida Toshkent shahrining «Samar-
qand darboza» mahallasida tug‘ilgan. Avval o‘rta
maktabda,
so‘ng Navoiy nomli pedagogika institutida o‘qigan. Bo‘lajak
yozuvchining ilk mashqi – «Ishqiboz» nomli hajviy hikoyasi o‘n
olti yoshlarida «Mushtum» jurnalida
chop etilgani uchun uning
dastlabki ish faoliyati ham shu jurnal bilan bog‘liq.
Ikkinchi jahon urushi yillari Said Ahmad «Qizil O‘zbekiston»
(hozirgi «O‘zbekiston ovozi»)
gazetasi tahririyatida,
keyinroq
«Sharq yulduzi» jurnalida ishladi.
O‘tgan asrning 50-yillari boshlarida yozuvchi ko‘plab
ziyoli-
lar qatorida qatag‘onga uchrab, «xalq dushmani»
degan tuhmat-
lar bilan qamaladi. Bu siyosat qoralangandan so‘ng
Said Ahmad
ham nohaq jazodan ozod etilib o‘z oilasiga qaytadi. O‘zbekiston
Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi bo‘lib ishlaydi.
Said Ahmadning birinchi kitobi «Tortiq» nomli hikoyalar to‘pla-
Said AHMAD
(1920–2007)
4
!
mi bo‘lib, 1940-yilda nashr etilgan. Shundan so‘ng uning «Er
yurak» (1942-yil), «Farg‘ona hikoyalari» (1948-yil), «Muhabbat»
(1949-yil) to‘plami, «Qadrdon dalalar» (1949-yil), «Hukm»
(1958-yil) qissalari e’lon qilindi.
Dostları ilə paylaş: