1 4
!
Musa JALIL
(1906–1944)
Dunyo adabiyotida shunday siymolar borki, ular nafaqat
ijodiy faoliyati, balki insoniy matonati bilan ham kelgusi avlod-
larga ibrat namunasi bo‘lib qolgan. Yurtimizni mo‘g‘ul
bosqin-
chilaridan himoya qilish janglarida mardlarcha halok bo‘lgan
buyuk mutafakkir Najmiddin Kubro, bir qo‘lda yarog‘, bir qo‘l-
da qalam bilan temuriylar saltanatini qayta birlashtirmoq uchun
cheksiz jabr-u jafolar chekkan Bobur Mirzo, insoniyatni fa-
shizm atalmish vabodan qutqarish yo‘lida qurbon bo‘lgan chex
shoiri Yulius Fuchik shular jumlasidandir.
Yuqori sinf tarix darslarida Siz 1939–1945-yillari bo‘lib o‘t-
gan
Ikkinchi jahon urushi, uni boshlagan fashist yetakchila-
rining kirdikorlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lasiz, al-
batta. Biz bugungi mavzuni yoritmoq uchun bu urush to‘g‘ri-
sida qisqacha ma’lumotni Sizga eslatib o‘tmog‘imiz lozim.
XX asrning 30-yillari boshida Germaniya davlati
boshqaruvini Adolf Gitler rahbarligidagi bir guruh
harbiylar qo‘lga oladi. Ular dunyo mamlakatlarini
o‘ziga bo‘ysundirish, boshqa xalqlarni qullikka
mubtalo qilishdek yovuz niyatni ko‘zlashar edi.
1 5
!
Shu maqsadda yirik armiya tuzishdi, uni eng zamonaviy qu-
rol-aslaha bilan ta’minlashdi. Butun mamlakat aholisi o‘rtasida
«faqat nemis millatigina «oliy irq»qa tegishli, boshqa xalqlar o‘z
mehnati va boyliklari bilan unga xizmat qilishi lozim» degan
vayronkor g‘oya keng targ‘ib qilindi. Shu tarzda «fashizm» deb
atalgan shafqatsiz mafkura dunyoga keldi.
1939-yilning 1-sentabrida Gitler boshchiligidagi fashistlarning
Polshaga
hujum qilishi, 3-sentabrda esa Angliya va Fransiyaning
Germaniyaga urush e’lon qilishi bilan Yevropa qit’asida Ikkinchi
jahon urushi alangasi yoqildi. Olti yil davom etgan bu dahshatli
urush olovi Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarini, Ukrai-
na,
Belorussiya, Rossiya, AQSh, Yaponiya singari davlatlarni
o‘z komiga tortdi. Urush natijasida jami 60 dan ortiq mamla-
katdan 60 million nafardan ko‘proq odam hayotdan bevaqt ko‘z
yumdi. Minglab shahar va qishloqlar, yuz minglab korxonalar
kuyib kul bo‘ldi. Bir so‘z
bilan aytganda, mazkur urush tarix-
dagi eng katta va eng halokatli urush sifatida insoniyat boshiga
cheksiz qayg‘u-alamlar olib keldi.
Ikkinchi jahon urushining asosiy janglari Germaniya va
sobiq Sho‘rolar davlati (SSSR) o‘rtasida bo‘lib o‘tgandi. U
1941-yilning 22-iyun kuni saharda Germaniyaning hujumi bilan
boshlanib, 1945-yilning 9-may kuni
Berlin shahrining olinishi
bilan yakuniga yetgan.
Nemis qo‘shini Moskva ostonasiga qadar bostirib kelar ekan,
ko‘plab harbiylar va tinch aholi vakillarini asir olar, ularni turli joy-
larda qurilgan konsentratsion lagerlarga – qamoqxonalarga jo‘natar
edi. Mazkur qamoqxonalarda odam bolalari hayvondanda battarroq
sharoitda, ochlik va xo‘rlikda
saqlanar, eng qora va og‘ir ishlarga
majbur qilinar, kichkina bahona bilan o‘ldirib yuborilar edi.
Dostları ilə paylaş: