1 7
!
chilar
boshini qovushtirish, ularning badiiy mahoratini oshirish
borasida samarali ish olib bordi.
Afsuski, Yevropa sarhadlarida boshlangan urush bu ijodkor-
ning ham barcha rejalarini ostin-ustun qilib yubordi.
O‘z o‘rnini urush maydonlarida
deb bilgan Musa Jalil
jangchilar o‘rtasida ma’rifiy targ‘ibot ishlarini olib borar, front
gazetalarida harbiy muxbir sifatida turli xabar,
maqola va badiiy
asarlari bilan faol ishtirok etardi. Shoirning shu yillari nashr
etilgan «Okopdan xatlar» nomli kitobiga jamlangan she’rlarida
bo‘layotgan urushning butun dahshati ro‘yirost tasvirlangandi.
1942-yilning yozida Volxov daryosi bo‘yida kechayotgan
shiddatli janglar paytida Musa Jalil og‘ir
yaralanadi va dushman
qurshoviga tushib qoladi. U fashistlar qo‘liga tirik taslim bo‘lishni
sira istamasdi. Biroq:
Taqdir kuldi, o‘lim tegmasdan
O‘tib ketdi, qilmadi jur’at.
Netay, axir so‘nggi minutda
Pistoletim qildi xiyonat...
Netay, axir do‘st pistoletim
So‘nggi so‘zdan to‘sat bosh tortdi.
Kishan soldi dushman qo‘limga
Va erksizlik qa’riga otdi.
(«Kechir, yurtim!» she’ridan)
Shu kundan e’tiboran shoirning tutqunlikdagi mashaqqatga
to‘la hayoti boshlandi. U fashistlarning
turli qamoqxonalarida
chidash mumkin bo‘lmagan qiynoqlarga solindi, xo‘rlik va
haqoratlarni boshdan kechirdi.
Ruhan matonatli ijodkor turfa millat vakillaridan
Dostları ilə paylaş: