6 Adabiyot II qism 2017. p65


Dastlabki tatar milliy operalarining yaratilishiga



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/73
tarix27.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#59825
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73
Adabiyot 2-qism 6-sinf

Dastlabki tatar milliy operalarining yaratilishiga
shoirning o‘zi munosib hissa qo‘shadi. Uning bastakor
Jiganov bilan hamkorlikda yaratgan «Oltin soch» ope-
rasi butun mamlakatda katta dovruq qozongani, davlat
mukofoti bilan taqdirlangani buning yorqin dalilidir.
Keyinchalik Musa Jalil Tatariston yozuvchilari uyushmasiga
rahbarlik qilar ekan, ona yurtida ijod qilayotgan shoir va yozuv-


1 7
!
chilar boshini qovushtirish, ularning badiiy mahoratini oshirish
borasida samarali ish olib bordi.
Afsuski, Yevropa sarhadlarida boshlangan urush bu ijodkor-
ning ham barcha rejalarini ostin-ustun qilib yubordi.
O‘z o‘rnini urush maydonlarida deb bilgan Musa Jalil
jangchilar o‘rtasida ma’rifiy targ‘ibot ishlarini olib borar, front
gazetalarida harbiy muxbir sifatida turli xabar, maqola va badiiy
asarlari bilan faol ishtirok etardi. Shoirning shu yillari nashr
etilgan «Okopdan xatlar» nomli kitobiga jamlangan she’rlarida
bo‘layotgan urushning butun dahshati ro‘yirost tasvirlangandi.
1942-yilning yozida Volxov daryosi bo‘yida kechayotgan
shiddatli janglar paytida Musa Jalil og‘ir yaralanadi va dushman
qurshoviga tushib qoladi. U fashistlar qo‘liga tirik taslim bo‘lishni
sira istamasdi. Biroq:
Taqdir kuldi, o‘lim tegmasdan
O‘tib ketdi, qilmadi jur’at.
Netay, axir so‘nggi minutda
Pistoletim qildi xiyonat...
Netay, axir do‘st pistoletim
So‘nggi so‘zdan to‘sat bosh tortdi.
Kishan soldi dushman qo‘limga
Va erksizlik qa’riga otdi.
(«Kechir, yurtim!» she’ridan)
Shu kundan e’tiboran shoirning tutqunlikdagi mashaqqatga
to‘la hayoti boshlandi. U fashistlarning turli qamoqxonalarida
chidash mumkin bo‘lmagan qiynoqlarga solindi, xo‘rlik va
haqoratlarni boshdan kechirdi.
Ruhan matonatli ijodkor turfa millat vakillaridan

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin