6 Adabiyot II qism 2017. p65



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/73
tarix27.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#59825
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73
Adabiyot 2-qism 6-sinf

Savol va topshiriqlar


6 9
!
Abay Qo‘nonboyev qozoq mumtoz adabiyotining asos-
chilaridan biri, buyuk shoir va ma’rifatparvar hisoblanadi.
Shoirning asl ismi Ibrohim bo‘lib, Abay uning taxallusidir.
Shoir 1845-yil 10-avgustda Qozog‘istonning Yettisuv viloyati
Chingiztog‘ (hozirgi Abay) tumanida chorvador boy oilasida
tug‘ildi. Avval Yettisuvdagi Ahmad Rizo madrasasida o‘qidi.
Keyinchalik rus maktabiga qatnab rus tili va adabiyotini o‘r-
gandi. Bo‘lajak shoir bir tomondan Sharq allomalari – Firdav-
siy, Nizomiy, Navoiy, Fuzuliy ijodidan bahramand bo‘lgan
bo‘lsa, rus tili orqali rus va g‘arb adabiyoti vakillarining ijodi
bilan yaqindan tanishdi.
Shoirning ijodi yoshlik chog‘laridan she’r yozish va o‘lan
aytishdan boshlandi.
Abay o‘zigacha og‘zaki kuylab kelingan o‘lanlarni
yozma adabiyotga olib kirgan shoirdir. Shoir o‘lan-
larni yozma yaratishdan tashqari, ularga kuy basta-
lab mahorat bilan kuylagan. U bastalagan 17 ta o‘lan
kuyi hozirgacha oqinlar tomonidan sevib ijro etil-
yapti.
ABAY
(1845–1904)


7 0
Abay ma’rifatparvar shoir edi. U o‘z she’rlarida tarqoq qozoq
qabilalarini birlashishga, hamjihatlikka chaqirdi, ilmli va ma’ri-
fatli bo‘lishga undadi. Shoir bir o‘lanida:
O‘zi bilan yovlashgan yurtim, tingla!
O‘zi bilan dovlashgan yurtim, tingla!
Dardingga davo bo‘lsin o‘lanlarim,
Bir-birini ovlashgan yurtim, tingla! –
deya iztirob chekadi. Abayning «Sho‘rlik qozog‘im», «Boy
bolasi bilan kambag‘al bolasi», «Ilm o‘rgan», «O‘lan» kabi
she’rlarida ham ilg‘or millatlardan o‘rnak olib qoloqlikdan chi-
qish, chidam va mashaqqat bilan ilm-fanni egallashga da’vat
yaqqol sezilib turadi. Shoir yirik voqeaband asarlar ham yarat-
gan. Uning «Iskandar», «Mas’ud», «Azim rivoyati» kabi doston-
lari hozirgacha el orasida mashhur. Bu teran falsafiylik bilan
yo‘g‘rilgan, ezgulik va yaxshilikka da’vat qiluvchi asarlarni
sevimli shoirlarimiz Mirtemir va Uyg‘un o‘zbek tiliga tarjima
qilishgan.
Abay ijodiy merosining salmoqli qismini xalqni ilm-ma’-
rifatga, madaniyatga da’vat qiluvchi «Naqliya so‘zlar» majmua-
si tashkil etadi. Hassos adib va shoir ushbu asarida inson ha-
yotida muhim o‘rin tutadigan aql, ilm-ziyo, insof va adolat,
yaxshi xulq, muomala madaniyati, din, e’tiqod, davlatni idora
qilish, xalqlar, elatlarning ahil, do‘stona munosabatda bo‘lishla-
ri haqida mulohaza yuritadi. Asar 44 bo‘limdan iborat. Buyuk
oqin Abay qalamiga mansub ushbu «so‘z»larning har biri
yoshlar uchun ezgulikka da’vat, yomon xulqlardan ogoh bo‘-
lishga chorlovchi chaqiriqlar sifatida yangraydi. «Naqliya so‘z-
lar» asari o‘zbek tilida «Nasihatlar» nomi bilan mashhur bo‘lib
ketgan. Bu asarni sevimli bolalar yozuvchisi Nosir Fozilov o‘z-
bekchaga tarjima qilgan. Quyida «Nasihatlar» kitobidan ayrim
o‘gitlar bilan tanishasiz. Qadrli bolajonlar, ushbu pandnoma
asarni to‘liq o‘qib chiqing. Undagi koni foyda nasihatlar sizga
abadiy yo‘ldosh bo‘lishiga aminmiz.


7 1

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin