4 4
Turkiy va fors-tojik adabiyotida Alisher Navoiygacha xuddi
shu janr va ko‘rinishdagi asarlar mavjud edi.
Bunga Yusuf Xos
Hojibning «Qutadg‘u bilig», Sa’diy Sheroziyning «Guliston» va
«Bo‘ston», Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston» asarlarini misol
keltirish mumkin. Alisher Navoiy ham mazkur asarlarni chuqur
o‘rganib, o‘sha an’analar ruhida ijod etdi. Shoir bu asarni umri-
ning oxirida – 1500-yilda yaratdi va uni «Mahbub ul-qulub»,
ya’ni «Ko‘ngillarning sevgani» deb atadi. Bu nom bilan mazkur
kitobda insonga
xos eng ezgu fazilatlar, uni ma’naviy barkamol
etadigan, o‘zgalar qarshisida go‘zal, oliyjanob ko‘rsatadigan
xislatlar jamlanganini anglatmoqchi bo‘ldi. Darhaqiqat, Alisher
Navoiy ko‘zlagan maqsad nafaqat asar nomida, ayni chog‘da
uning butun ma’no-mazmunida, ta’rif-u tafsilotlarida to‘la mu-
jassamdir.
Ulug‘ bobomiz asarning kirish qismida
quyidagilarni alohida
ta’kidlaydi:
«Bu xoksor va parishonro‘zgor kamina bolalikdan to qarilikka
qadar ko‘hna davron voqealaridan, aylanuvchi osmon hodisa-
laridan, fitna qo‘zg‘ovchi dunyo buqalamunligidan – tovlamachi-
ligidan, zamonaning rang singari gunogunligidan ko‘p
vaqt va
uzoq muddat har xil xayol va taraddudlar bilan daydib yurdim;
har tovur va ravishda bo‘ldim va turli yo‘llarga kirdim, yaxshi-
yomonning xizmatini qildim; katta-kichikning suhbatida bo‘ldim;
goh xorlik va qiyinchilik vayronasida nola qildim;
goho izzat va
ma’murlik bo‘stonida majlis qurdim.
Masnaviy:
Gahi topdim falakdin notavonlig‘,
Gahi ko‘rdum zamondin komronlig‘,
Base issig‘, sovug‘ ko‘rdum zamonda,
Base achchig‘, chuchuk totdim jahonda».