4 6
tabiatlik, tilga e’tibor, safar fazilatlari to‘g‘risidagi fikrlari bora-
sida ham bemalol aytmoq mumkin.
Hazrat Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asari, muallifning o‘zi
ta’kidlaganidek, uch qismga bo‘linadi: birinchi qism har xil
odamlarning fe’l-atvori va ahvoli haqida; ikkinchi qism yaxshi
fe’l xosiyati va yomon xislat kasofati to‘g‘risida; uchinchi qism
turli foydali kuzatishlar va misollar haqida.
1. Sharqda adabiyot so‘zining ma’no-mazmuni va undan ko‘zlan-
gan maqsad nima?
2. Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asari qanday an’analar
asosida va nima maqsadda yaratilgan?
3. Alisher Navoiyga qadar shu yo‘nalishda kimlar tomonidan
qanday asarlar yaratilgan?
4. «Mahbub ul-qulub» iborasi qanday ma’noni anglatadi va u
necha qismdan iborat?
5. Saxiylik va himmat tushunchalariga shoir qanday ta’rif beradi
va qanday o‘xshatishlar qo‘llaydi?
6. «Saxiy» so‘zi bilan «axiy» so‘zining farqi haqida so‘zlang va
shunga oid o‘z fikrlaringizni bildiring.
7. Asarning «Saxovat va himmat bobida»n kelib chiqib shu mav-
zularda sinfdoshlaringiz bilan suhbat quring.
8. Yaxshilik va hojat chiqarish deganda siz nimani tushunasiz?
9. «Hilm» – yumshoq ko‘ngillik odamlar nima uchun e’tibor topa-
di, izzat-hurmat ko‘radi?
10. O‘z hayotingizda uchratgan yumshoq ko‘ngilli insonlar haqida
so‘zlab bering.
11. Shoir «Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz» degan hikmatli so‘z-
larni keltirganda nimalarni nazarda tutadi?
12. Mustaqillik yillarida ona tilimizga munosabat qanday bo‘ldi va
biz qaysi kunni «Davlat tili bayrami» sifatida nishonlaymiz?
13. Nima uchun yaxshi, rost so‘z e’tiborli va qisqa bo‘ladi? Asarda
ko‘tarilgan fikrlar va kuzatishlaringiz asosida o‘sha hikmatni
izohlang.
14. «Inson odobi bilan go‘zal» degan mavzuda sinfingizda bahs-
muloqot o‘tkazing.
Dostları ilə paylaş: