4 1
T a n b i h (49)
Til shirinligi ko‘ngilga yoqimlidir; muloyimligi esa – foydali.
Chuchuk til achchiqqa aylansa, ko‘pchilikka zarari tegadi; qand-
dan may tayyorlansa harom bo‘ladi. Shirin so‘z sof ko‘ngillar
uchun asal kabi totlidir; bolalar uchun muloyim tabiatli odam
halvofurush kabi sevimlidir.
Bayt:
Yaxshi so‘zga kim mast-u behush bo‘lsa,
Sharbat ichida zaharni totli qiladi.
T a n b i h (50)
Har kimningki so‘zi – yolg‘on, yolg‘onligi bilingach, uyatga
qolg‘on; yolg‘onni chindek gapiruvchi so‘z ustamoni –
kumushga oltin qoplab sotuvchi zargar. Yolg‘on-afsonalar bilan
uyqu keltiruvchi yolg‘onchi – uyquda alahlovchi. Yolg‘on
gapiruvchi g‘aflatdadir; so‘zning bir-biridan farqi ko‘pdir, ammo
yolg‘onroq turi yo‘qdir.
T a n b i h (108)
Dostları ilə paylaş: