6 amaliy Nafas olish yo\'llari infeksiyalari va virusli infeksiyalar
Paragripp
Paragripp kasalliklarni paragripp viruslari qoʻzgʻatadi, ular 1—3 kundan keyin xona haroratida oʻz faolligini yoʻqotadi, lekin 4° temperaturada yaxshi saqlanadi. Kasallikning inkubatsion davri 1—6 kun. Kasallik darmonsizlik, bir oz tumov va yoʻtal bilan boshlanadi: gavda temperaturasi sal koʻtariladi, tovush boʻgʻilib qoladi, tomoq achishib, bemor quvquv yoʻtaladi. 1—3 yashar bolalarda shilliq parda shishishi sababli hiqildoq torayadi (stenoz), bunda nafas olish toʻsatdan qiyinlashadi.