Xitoyning Uxan shahrida ilk bor aniqlangan yangi koronavirus keltirib chiqaradigan kasallik 2019 yil koronavirus kasalligi deb nomlandi. Qisqacha COVID-19 nomida "CO" koronani (corona), "VI" virusni (virus), "D" esa kasallikni (disease) anglatadi.
COVID-19 yangi virus bo’lib, kuchli o'tkir respirator sindromni va o'tkir respirator virusli infektsiyaning (O’RVI) ba'zi turlarini keltirib chiqaradigan viruslar oilasiga tegishlidir.
Yangi koronavirus qanday tarqaladi?
Virus havo-tomchi yo’li bilan yo'talish va aks urish paytida to'g'ridan-to'g'ri yuqadi. Shuningdek virus bilan ifloslangan yuzalarga tegish orqali ham yuqishi mumkin. COVID-19 virusi bir necha soat davomida buyumlarning ustida o’z kuchini saqlab qoladi, biroq oddiy dezinfeksiya vositalari uni o'ldirishi mumkin.
Yangi koronavirusning belgilari qanday?
Yuqori tana harorati, yo'tal va nafas qisilishi, his va ta’m sezgisining yo’qolishi kasallik alomatlariga kiradi. Og'irroq holatlarda infeksiya pnevmoniyaga yoki nafas qiyinlanishiga olib kelishi mumkin.
Infeksiyani yuqtirimaslik uchun nima qilish zarur?
Tarkibida spirt bo’lgan qo'l tozalash vositalari yoki sovun bilan qo'llarni tez-tez yuvib turish.
Yo’talish yoki aks urish paytida og'z va burningizni egilgan tirsak yoki qog’oz dastro’mol bilan berkiting, so’ng dstro’molni yopiq axlat idisihga tashlang.
Shamollash yoki isitma alomatlari bo’lgan har qanday kishi yaqindan muloqotda bo’lishdan qoching.
Agar sizda yoki bolangizda isitma, yo'tal yoki nafas qisilishi bo'lsa, tibbiy yordam uchun imkon qadar ertaroq murojaat qiling.