6– Amaliy mashg’uloti


SMTP va POP3 protokollari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə2/9
tarix12.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#154316
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-amaliy

SMTP va POP3 protokollari


Amaliy pochta protokollarining o’zaro ta’siri tuzilmasi 7.1-rasmda namoyish etilgan.

9.1-rasm. Amaliy pochta protokollarining o’zaro ta’siri tuzilmasi
Mail Transfer Agent (MTA) – pochta uzatish agenti – pochta uzatish tizimining asosiy komponenti hisoblanadi. Foydalanuvchilar oddiy holda MTA bilan bevosita ishlamaydi, ular Mail User Agent
(MUA) – elektron pochta mijozini qo’llaydilar.
TCP-bog’lanish bo’yicha xabarlarni uzatish uchun ko’pchilik pochta agentlari Simple Mail Transfer Protocol (SMTP) protokolini qo’llaydi. U Internetda elektron pochtalarni uzatishning standart metodi sifatida qabul qilingan. Protokolning joriy standarti RFC 2821da tasvirlanadi. SMTP transport protokoli sifatida TCP qo’llaniladi. Bog’lanish 25 raqamli port bilan o’rnatiladi. Bu bog’lanishlarga xizmat ko’rsatishda pochta serveri deb nomlanuvchi maxsus dastur ishlatiladi. Xabarlarni shakllantirish va bog’lanishlarni o’rnatishda foydalanuvchi pochta dasturi qo’llaniladi. Bog’lanishlar o’rnatilgandan so’ng axborotlar almashinuvi buyruqlar o’rtasida kechadi. Foydalanuvchilar uchun bu buyruqlarga ruhsat yo’q, agar u ish davomida mijozning elektron pochtasini qo’llasa.
SMTP protokolining bosh maqsadi elektron pochta xabarlarining effektiv va ishonchli jo’natmasini ta’minlashdan iborat. Protokolni amalga oshirish uchun faqat ishonchli aloqa kanali talab etiladi. SMTP uchun alohida lokal tarmoq xizmat qilishi mumkin, ya’ni tarmoq tizimlari yoki Internet. Bu jo’natmani bevosita amalga oshirishda jo’natuvchi host va qabul qiluvchi host uchun bir transport xizmati qo’llaniladi. Agar bu hostlar umumiy transport tizimiga ulanmagan bo’lsa, u holda uzatish bitta yoki bir nechta SMTP serverlari o’rtasida amalga oshiriladi. Bugun Internetda serverlar o’rtasida chiquvchi xabarlar bilan ishlash qo’shimcha funksiyalarni bajarish orqali amalga oshiriladi.
Post Office Protocol v.3 (POP3) - hozirgi vaqtda keng qo’llaniladigan elektron pochta protokoli. POP3 protokolining ko’pgina konsepsiyalar, prinsiplar va tushunchalari SMTP buyruqlari o’rtasida hamkorlik qilib, u kabi ishlab turadi va namoyon bo’ladi. POP3 serveri foydalanuvchi agenti va pochta qutisi o’rtasida joylashadi. U TCP transport protokoli asosida 110 porti orqali pochta serveri bilan bog’lanishni ko’zda tutadi. (9.1-rasm). POP3 xususiyati RFC 1939 hujjatida aniqlanadi. POP3da personal kompyuterlarga pochta uzatmasi hisoboti ishlab chiqilgan va bunga tegishli operasiyalar mavjud. POP3 protokoli konfigurasiyasi foydalanuvchining o’z pochta serveriga murojaat qilishini va uning pochtada yig’ilib qolinganlarni chiqarib tashlash imkoniyatini ta’minlaydi. Foydalanuvchi Internetning ihtiyoriy kirish nuqtasidan POP3-serveriga kirishi imkoniyatini olishi mumkin. Buning uchun u POP3 protokolida ishlovchi maxsus pochta agentini ishga tushirishi va uni o’zining pochta serveri bilan ishlashga sozlashi zarur. Habarlar mijozga POP3 protokoli bo’yicha etkazib beriladi, ammo SMTP yordamida yuboriladi. Foydalanuvchi kompyuteri pochta tizimida ikkita alohida agent-interfeys qismi mavjud bo’lib, ular yetkazish (POP3) va jo’natish (SMTP) deyiladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin