Mavzu: Internet xizmatlari va uning dasturiy ta’minoti. Elektron pochta xizmati. SMTP va POP3 protokollari Ishning maqsadi: Cisco Packet Tracer simulyator rejimida SMTP va
POP3 elektron pochta protokollari yordamida amaliy dasturlarning o’zaro ta’sir prinsiplarini o’rganish.
Ishning rejasi: Tarmoq topologiyasini qurish va tarmoq qurilmalarini sozlash;
POP3 protokoli bo’yicha serverdan xat qabul qilish;
Individual vazifani bajarish.
Nazariy ma’lumotlar: Internet foydalanuvchiga juda ko’p turdagi axborot xizmatlarni taqdim etadi. Shunday xizmatlardan biri elektron pochta (E-mail) xizmatidir. Elektron pochta (E-mail) maxsus dastur bo’lib, u yordamida foydalanuvchi dunyoning istalgan joyidagi elektron manzilga xat, hujjat yoki ixtiyoriy faylni jo’natishi va qabul qilib olishi mumkin. Eng asosiysi xat manzilga bir zumda etib boradi. Lekin undan foydalanish uchun avvalambor foydalanuvhi maxsus pochta yoki Internet tarmog’iga bog’langan bo’lishi va shaxsiy elektron manzilga ega bo’lishi lozim. Elektron manzilni provayder beradi. Internetda biror server orqali, masalan, www.umail.uz da yangi elektron manzil ochish tartibi amalga oshiriladi.
Elektron pochta yordamida (komputer orqali) dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga xat, hujjatlarni jo’natish va qabul qilib olish mumkin. Elektron pochta orqali xat jo’natish oddiy pochta xizmatiga qaraganda arzon va tez amalga oshiriladi. E-mail xabarlari odatda faqat matndan iborat bo’ladi, lekin unga grafik tasvir, audio va video fayllarni ham kiritish mumkin. Hozirda elektron pochtaning ko’plab dasturmijozlari mavjud: Pine, mail, Eudora, Netscape va boshqalar. Pine elektron pochtasi ko’pgina oliy o’quv yurtlarida, turli tashkilotlarda o’rnatilgan bo’lib, u foydalanishda soddaligi va internetning ko’pgina xizmatlarida qo’llanilishi bilan ajralib turadi. Lekin hozirda Windows operatsion tizimida ishlash uchun ancha qulay bo’lgan maxsus dasturlar: MS Exchange, MS Outlook Express va boshqa elektron pochta tizimlari mavjud.