9.16-rasm. Ishchi hududning ko’rinishi. Paketni yana manba IP-manzili 172.16.0.40 dan 172.16.0.20 serveriga qayta jo’natamiz, bunda manba porti-25. SMTP protokoli yordamida umail.uz serveriga xat jo’natildi. Endi u shu yerda saqlanadi. 172.16.0.100 tugunini manzillash kerak, hali u manzilli xatni olmagan va POP3 protokoli orqali serverga murojaat etgani yo’q. Xat qabul qilish uchun quyidagi amallarni bajarish talab etiladi:
1. 172.16.0.100 tuguniga sichqonchani bosing; 2. “Desktop” bo’limidan E-mail dasturiga o’ting. 3. Xatni o’qish uchun “Receive” tugmasini bosing.
Hostda POP3 protokoli paketi shakllanadi (9.17-rasm).
Capture/Forwardtugmasini ishlatib, qurilmadan-qurilmaga paketning yo’nalishini kuzatishingiz mumkin.
9.17-rasm. Ishchi hududning ko’rinishi. Tugunda shakllangan paketning mazmunini ko’rib chiqamiz. (9.18rasm):
9.18-rasm. РОР3 paket shakllanishi (formati) Paket 172.16.0.40 IP-manzil bo’yicha pochta serveriga manzillangan. TCP sarlavhasida belgilangan port – 110. Bu paketning to’g’ri shakllanganligini bildiradi. Paket yo’l-yo’lakay serverga ikkita kommutator orqali keladi. Qachonki paket serverga kelsa, u holda qayta ishlanadi va paket-javob shakllantiriladi. Paket serverning javob-xati bilan 172.16.0.100 tuguniga qaytadi, manba porti – 110. 172.16.0.40 serveridan POP3-ma’lumotlari bilan javob keldi. POP3 protokoli yordamida 172.16.0.100 tuguni server orqali 172.16.0.90 tugunidan jo’natilgan xatni oldi.
TOPSHIRIQLAR: Mustaqil ravishda elektron pochtaning SMTP va POP3 amaliy protokollarini tadqiq eting. O’rganish uchun tarmoq topologiyasining tuzilishini avvalgidek bajaring. Tarmoq qurilmalarini sozlashda variantlarga e’tibor bering. Hisobotda paketlarning yo’nalishini, mazmunini va olingan natijalarini qayd eting. Jo’natuvchi va qabul qiluvchilarni o’zingiz mustaqil aniqlang. Topshiriq variantlari 9.3jadvalda berilgan. Guruh jurnalidagi talabalar ro’yhati bo’yicha topshiriqlar taqsimlanadi.
9.3-jadval