9.10-rasm. 172.16.0.100 hostida (PC1) elektron pochta mijozini sozlash. Barcha qurilmalar va xizmatlar ishining sozlashi tugatildi.
Amaliy pochta protokollarini tadqiq etish uchun Cisco Packet Tracer dasturining simulyasiya rejimiga o’tamiz. “Edit Filters” bandidan SMTP va POP3 protokollariga filtrlar o’rnatamiz. Bu degani paketlar tarmoqda faqat filtrlangan protokollarda aks etadi.
172.16.0.90 hosti bilan user1 dan 172.16.0.100 hosti user2 ga xat jo’natamiz. Buning uchun:
Sichqoncha bilan 172.16.0.90 hostini tanlaymiz;
“Desktop” bo’limidan “E-mail” dasturini tanlaymiz; (9.11-rasm).
“Compose” (Yaratish) tugmasini bosamiz.
9.11-rasm. “Desktop” bo’limidan “E-mail” dasturini tanlash Shakldagi “To” (Kimga) maydoniga xatni qabul qiluvchining elektron pochta manzili kiritiladi: user2@umail.uz.
“Subject” (Xat nomi) maydoniga xat nomini kiriting.
(ixtiyoriy). Xat yozish maydoniga biror mazmunda xat yozing va
“Send” (Jo’natish) tugmasini bosing. 9.12-rasm.
9.12-rasm. Xat yozish maydoni 172.16.0.90 hostida SMTP paketi shakllanganligini ko’ramiz. Capture/Forward tugmasini bosish orqali qurilmadan qurilmaga paket yo’nalishini kuzatishimiz mumkin. (9.13-rasm)
9.13-rasm. Ishchi hududning ko’rinishi. Shakllangan tugunda paketning mazmunini ko’rib chiqamiz: (9.14rasm).
9.14-rasm. SMTP paketi shakli (formati) Paket 172.16.0.20 IP-manzilli pochta serveriga manzillangan. TCP sarlavhasi mazmunida belgilangan port -25. Paketning to’g’ri shakllangan holatini kuzatish mumkin. Paket jo’natilish davomida serverga ikkita kommutator orqali o’tadi. (9.15-rasm.).
9.15-rasm. Ishchi hududning ko’rinishi. umail.uz domeniga manzillangan xat, qachonki paket serverga kelsa uni qayta ishlaydi va aniqlaydi. 172.16.0.20 serveri berilgan IP-manzil uchun DNS xizmatiga murojaat qiladi. SMTP-paket, 172.16.0.20 server bilan shakllangan, quyidagi ma’lumotdan tashkil topadi: belgilangan IPmanzil -172.16.0.40, belgilangan port – 25. Paket Switch1 kommutatori orqali o’tadi va 172.16.0.40 serveriga yetkazadi. (9.16-rasm).