6– Amaliy mashg’uloti



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə3/9
tarix12.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#154316
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-amaliy

DNS xizmati


Elektron pochta tizimi DNS domen nomi tizimi hamkorlikda faoliyat yuritadi. DNS xizmatining vazifasi IP-manzildagi belgili(simvolik) nomni o’zgartirish va aksincha, belgili nomni IP-manzilga o’zgartirishdan iborat. DNS ning qo’shimcha funksiyasi pochtani yo’naltirish(marshrutizasiya) hisoblanadi. DNSning taqsimlangan xizmati asosiy xususiyati RFC 1034 va RFC 1035 da ko’rsatilgan.
Axborotlarni uzatish va saqlash birliklari DNSda resurs yozuvi hisoblanadi. Har biri ajratilgan maydon sonidan tashkil topgan ko’plab turdagi resurs yozuvlar mavjud. Pochtani yo’naltirish uchun MX yozuvi qo’llaniladi, yoki uning yo’qligida esa A turli yozuv ishlatiladi. A yozuvi – manzilli yozuv bo’lib, quyidagi parametrlardan tashkil topgan, ya’ni tugunning domenli nomi va tegishli IP-manzil.
Misol: aivt IN A 195.19.212.16, bunda IN – yozuv sinfi – Internet.
MX yozuvi quyidagi parametrlardan tashkil topgan – pochta domeni nomi, pochta serveri nomi, birinchi o’rin.
Misol: aivt IN MX 20 mail.stu.neva.ru, bunda INyozuv sinfi – Internet.
MTA xatni olish davomida uning xizmatchi axborotlarini tahlil qiladi, xatning sarlavha qismini, qabul qiluvchi domenini aniqlaydi. (9.1rasm). Agar u domenga mos bo’lsa, MTA ma’lumotlari xizmati qabul qiluvchini qidiradi va xat uning qutisiga tashlanadi. Agarda qabul qiluvchi domeni bu MTAga xizmat ko’rsatmasa, so’ralgan MX-yozuvi mazkur domen uchun DNS-so’rovini shakllantiradi. MX-yozuvi mazkur domen uchun kiruvchi pochtani qayta ishlovchi pochta serverlari nomlaridan tashkil topgan DNS-yozuvining asosiy ko’rinishini taklif etadi.
Laboratoriya ishining bajarilishi:
1. Tarmoq topologiyasini qurish. Berilgan amaliy protokollarni o’rganish uchun quyidagicha testli tarmoq topologiyasini yasaymiz: (9.2-rasm.)

9.2-rasm. Testli tarmoq topologiyasi
Tarmoq qurilmalarini quyida berilgan jadvallar (9.1- va 9.2jadvallar) asosida sozlaymiz.
9.1-jadval

Chekli tugunlar

IP-manzil

Tarmoq niqobi

DNS-serverning IP-manzili

PC0

172.16.0.90

255.255.0.0

172.16.0.20

PC1

172.16.0.100

255.255.0.0

172.16.0.20

9.2-jadval

Serverlar

IP-manzil

Tarmoq niqobi

DNS-serverning IP-manzili

Server0

172.16.0.20

255.255.0.0

172.16.0.20

Server1

172.16.0.40

255.255.0.0

172.16.0.20

Barcha qurilmalar lokal tarmoqning bitta segmentida joylashgan, shuning uchun paketlarni yo’naltirish qo’llanilmaydi va shlyuz IPmanzilini ihtiyoriy ko’rsatish shart emas.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin