6-ma'ruza. Abonent kirish tarmog‘iga fttx texnologiyasini qo‘llash. Sotali aloqa kontseptsiyasi va qurish printsiplari



Yüklə 76,49 Kb.
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü76,49 Kb.
#163441
  1   2   3
6-ma\'ruza. Abonent kirish tarmog‘iga FTTx texnologiyasini qo‘llash.


6-ma'ruza. Abonent kirish tarmog‘iga FTTx texnologiyasini qo‘llash.

Sotali aloqa kontseptsiyasi va qurish printsiplari

1947 yilda Belllaboratories birinchi marta sotali aloqani qurish printsipini taklif etdi. Uning ma’nosi shundan iboratki, R0 radiusli butun xizmat ko‘rsatiladigan zona (hudud) R radiusga ega bo‘lgan yacheykalarga shartli bo‘linadi. Yacheykaning ideal shakli aylana, lekin maydonlar va o‘zaro ta’sirlarni hisoblash oddiy bo‘lishi uchun asosga to‘g‘ri olti burchaklik olingan. Real jihatdan yacheyka joyning relefi, qurilishlar va boshqa omillarning ta’siri tufayli noto‘g‘ri aylana shakliga ega bo‘ladi (8.1-rasm).





8.1-rasm. SHAT xizmat ko‘rsatish hududi


Yacheykalarda bo‘lgan harakatdagi abonentlarga BTSlar xizmat ko‘rsatadi, ular har bir MSga undan chaqiruv kelganida bo‘sh chastotalar kanalini taqdim etadi. Barcha BTSlar kommutatsion tizim yordamida bir-birlari bilan ulanishi mumkin, shuningdek oddiy TLF tarmoqqa chiqishga ega bo‘ladi.


Kommutatsion tizim MS ko‘rinishida jamlangan yoki taqsimlangan bo‘lishi mumkin, bu bunday xizmat ko‘rsatish turiga dastlabki harajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Taqsimlangan holda kommutatsiyalash tugunlari BTSga o‘rnatiladi. Qabullash-uzatish qurilmalari bilan jihozlangan har bir BTS orqali chastotalar kanallari to‘plami beriladi, binobarin, himoya intervali bilan ajratilgan har bir BTSlarda o‘sha bir kanallar takroran ishlatiladi, bu SHATning asosiy printsipi bo‘lib, u tizimning yuqori chastotaviy samaradorligini aniqlaydi. Turli chastotalar kanallarini ishlatadigan yonma-yon BTSlar S stantsiyalardan guruhni hosil qiladi (8.2-rasm).

8.2-rasm. Yonma-yon stantsiyalar guruhi


S qiymat tizimning chastotaviy parametri (klasteri) hisoblanadi va SHATning bo‘lishi mumkin kanallari sonini aniqlaydi.




Harakatdagi sotali radialoqa tizimlari standartlari

Birinchi avlod (1G) analog SHATlarning to‘qqizta asosiy standartlari eng ma’lum hisoblanadi. O‘zRda ulardan NMT – 450 va AMPS ishlatilgan. Lekin analog SHATlar ko‘p soni kamchiliklari tufayli axborot texnologiyalarinin zamonaviy rivojlanishini qoniqtirmay qo‘ydi, bu kamchiliklardan asosiylari “standartlarning moslashuvchan emasligi”, cheklangan ishlash zonasi, past aloqa sifati, xabarlarni maxfiylashtirishni va ISDN xizmatlar integratsiyalanishi raqamli tizimlari bilan o‘zaro ta’sirlashishini va ma’lumotlarni paketli uzatilishini (PDN) yo‘qligi bo‘ldi.



Yüklə 76,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin