6-ma'ruza. Abonent kirish tarmog‘iga fttx texnologiyasini qo‘llash. Sotali aloqa kontseptsiyasi va qurish printsiplari



Yüklə 76,49 Kb.
səhifə2/3
tarix20.11.2023
ölçüsü76,49 Kb.
#163441
1   2   3
6-ma\'ruza. Abonent kirish tarmog‘iga FTTx texnologiyasini qo‘llash.

2G standartlari

80-yilllarda rivojlangan davlatlarda istiqbolli SHATlarni qurish printsiplarini jadal o‘rganishga kirishildi va tarmoqlarning makrosotali topologiyasili va 35 kmgacha radiusli sotalarli bunday tizimlarning uchun uchta standartlari ishlab chiqildi (8.1-jadval):


- GSM – umumiy yevropa standarti;
- ADS (D – AMPS) – amerika standarti;
- JDS – yapon standarti.
8.1-jadval
Tarmoqlarning makrosotali topologiyasili tizimlar standartlari

Standartning
xarakteristikasi

GSM,
DCS-1800,
PCS -1900

ADC

JDS

Ulanish usuli

TDMA(VAUU)

TDMA(VAUU)

TDMA(VAUU)

Chastotalarni surilishi

200 kGts

30 kGts

25 kGts

Tashuvchiga nutq kanallari sifati

8 (16)

3

3 (6)

Nutqni o‘zgartirish tezligi

13 kbit/s(6,5kbit/s)

8 kbit/s

11,2 kbit/s(5,6 kbit/s)

Nutqni o‘zgartirish algoritmi

RPE-LTP

VSELP

VSELP

Umumiy uzatish tezligi

270 kbit/s

48 kbit/s

42 kbit/s

Ajratish usuli

Chastota bo‘yicha sakrash

Yonma-yon

Yonma-yon

Nutq kanaliga chastotalar ekvivalent polosasi

25 kGts
(12,5 kGts)

10 kGts

8,3 kGts; 4,15 kGts

Modulyatsiyalash turi

0,3 GMSK

π/4 DQPSK

π/4 DQPSK

Talab qilinadigan tashuvchi/interferentsiya (C/l) nisbati

9 dB

16 dB

13dB

Ishchi chastotalar diapazoni

935-960 MGts 890-915 MGts

824-840 kGts
869-894 kGts

810-826 MGts
840-956 MGts
1429-1441 MGts
1447-1489 MGts
1453-1465 MGts
1501-1513 MGts

Sotaning radiusi

0,5-35 km

0,5-20 km

0,5-20 km



GSM standarti raqamlii SHATlari

Raqamli SHATlarni 900 MGts diapazonda yaratilishini ko‘zda tutadigan dunyodagi ularga birinchi standart mikrosotali tuzilmali DCS – 1800 (1800 MGts diapazoni) SHAT sandarti asosiy hisoblanadigan va hozirgi vaqtda Yevropada qabul qilingan GSM standarti hisoblanadi. GSM standarti hozirgi vaqtda Shimoliy Amerikada ham 1900 MGts (PCS – 1900) dipazonda ishlatilmoqda.


Yuqorida ko‘rsatilgan raqamli SHATlarga standartlar o‘z xarakteristikalari bilan farqlanadi, lekin ular yagona printsiplar va kontseptsiyalarda qurilgan va zamonaviy axborot texnologiyalari talablariga javob beradi. GSMda ishlab chiqilgan tizim va texnik yechimlar barcha istiqbolli raqamli SHATlar uchun ishlatilishi mumkin.
SYeRT tavsiyalariga muvofiq 1980 yilda GSM standartidagi harakatdagi aloqa uchun 862 – 960 MGts diapazondagi chastotalar spektri ajratilgan. Binobarin, harakatdagi stantsiyalar uzatkichlari uchun 890 – 915 MGts va bazaviy stantsiyalar uzatkichlari uchun 935 – 960 MGts chastotalar spektri ajratilgan. GSM standartida tor polosali VAUU (NB TDMA) ishlatiladi. Kadrning tuzilmasida har bir 124 ta tashuvchilarda 8 ta vaqt pozitsiyalari mavjud bo‘ladi.
Axborot paketi uzatilishining halaqitbardoshligini oshirish uchun nabatlashtirishli blokli va o‘rama kodlash qo‘llaniladi. Harakatdagi stantsiyalarning harakatlanishining past tezliklaridagi kodlash va navbatlash samaradorligi aloqa seansi jarayonida sekundiga 217 ta sakrashlar tezligida ishchi chastotalarni sekin qayta ulanishi (SFH) bilan ortadi. Shahar sharoitlarida radioto‘lqinlarning ko‘p nurli tarqalishi o‘z o‘rniga ega, ular qabul qilinadigan signallarning interferentsion so‘nishlariga olib keladi. Bu hodisa bilan kurashish uchun impulsli signallarni 16 mksgacha vaqt bo‘yicha kechiktirishni o‘rtacha kvadratik og‘ish bilan tekislaydigan ekvalayzerlar ishlatiladi.
Ishlatiladigan sinxronlashtirish tizimi signalni kechikishining 233 mksgacha absolyut vaqtini kompesatsiyalashga imkon beradi, bu 35 kmga teng sotaning maksimal radiusiga mos keladi.
GSM standartida minimal chastotaviy surilishli gauss chastotaviy manipulyatsiyalash (GMSK) ishlatiladi. So‘zlashish signaliga ishlov berish nuqtni uzilishli uzatilishi yo‘li (DTX) bilan amalga oshiriladi, bunda uzatkich faqat signal bo‘lganida yoqiladi, so‘zlashuv pauzalari va yakunlanishida uzatkich o‘chiriladi. Buning uchun munazam impulsli qo‘zg‘atishli, uzoq vaqt oldindan aytishli va oldindan aytishli chiziqli kesimli kodlashli kodek (RPE/LTR –LTR – kodek) ishlatiladi. Nutq signalini o‘zgartirishning umumiy tezligi 13 kbit/sga teng.
GSM standartida aloqaning maxfiyligini ta’minlash uchun ochiq kalitli algoritm bo‘yicha shifrlash (RSA) qo‘llaniladi. Umumiy holda GSM standarti foydalanuvchilarga umumiy foydalanishdagi telefon tarmoqlariga (PSTN), ma’lumotlarni uzatish tarmoqlariga (PDN) va xizmatlar integratsiyalandigan raqamli tarmoqlarga (ISDN) ulanishli xizmatlarning keng diapazonini taqdim etadigan tarmoqni yaratishga imkon beradi. GSM standartining asosiy xarakteristikalari 8.1-jadvalda keltirilgan.



Yüklə 76,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin