15-rasm. Arab yozuvi (kitob).
|
16-rasm. Fera orolidan topilgan qaqimgi yunon yozuvi.
Fonografik yozuvning ikkinchi bosqichi consonant (undosh) bosqich hisoblanadi, chunki bu yozuvda o`zak hosil qiluvchi undoshlargina harflar bilan ifodalanadi, unlilar esa diakritik(yun. diakritikos – farqlovchi degani)6belgilar yordamida aks ettiriladi. Bunga arab yozuvi misol bo`la oladi.
Fonografik yozuvning uchinchi bosqichi fonematik bosqich deb atalishi mumkin, chunki bu bosqichda har bir tovush uchun bitta harf qo`llangan. Bu yozuvning yuzaga kelishida qadimgi yunonlarning xizmatlari kattadir. Ular qadimgi finikiyaliklardan grafik belgilarni o`zlashtirib oldilar va unli tovushlar uchun ham harf qo`shdilar. Bunda ham ular finikiyaliklar alifbosidagi ortiqcha undosh harflardan foydalanganlar. Alifbo so`zi haqida quyidagi fikrlar mavjud: finikiyaliklar tilida aleph (yunoncha alpha) “ho`kiz”, beth (yunoncha betha) “uy”, gimel (yunoncha gamma) “bo`yinturuq”, daleth (yunoncha delta) “eshik” degan ma’nolarni ifodalagan. Dastlabki ikkita harf nomidan alifbo so`zi paydo bo`lgan.7
Shunday qilib, yunon alifbosi birinchi harf-tovush alifbosi hisoblanadi va u lotin, slavyan va boshqa ko`pgina alifbolar yaratilishi uchun asos bo`ldi.
17-rasm.Alifbo taraqqiyoti: Misr iyerogliflaridan to lotin alifbosigacha.
21-§. O`zbek yozuvi tarixidan
O`zbek xalqi o`z tarixi davomida Markaziy Osiyo xalqlari bilan bir qatorda quyidagi yozuvlardan foydalanib kelgan:
1. Mixxat. Eramizdan oldin VI-IV asrlarda Markaziy Osiyoning Eronga yaqin hududlarida rasmiy yozuv sifatida ishlatilgan yozuv (namunasi oldingi bo`limda berilgan).
Dostları ilə paylaş: |