6-ma’ruza grafika reja


-rasm. Peruliklarning kipu yozuvi. 8-rasm



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə3/6
tarix07.04.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#94353
1   2   3   4   5   6
6-Mavzu

7-rasm.
Peruliklarning kipu yozuvi.

8-rasm.
Irokezlarning vampum yozuvi.

Yozuvning turlari

Yozuvni taraqqiyot bosqichlari bo`yicha to`rtta turga ajratsa bo`ladi. Bular quyidagilardir:




1. Piktografik yozuv
Piktografik (lot. pictus – chizilgan va yunon. grapho – yozaman)2 yozuv rasmlarga asoslangan yozuv turidir va uning birliklariga piktogramma deyiladi. Bu yozuv namunalari quyidagi rasmlarda berilgan:


9- rasm.Piktogramma. Eskimos-ovchining “kundaligi”. Mazmuni: “Odam ovga chiqqan, hayvon terisini qo`lga kiritgan, keyin yana bittasini topgan, morj ovlagan, boshqa ovchi bilan qayiqda suzgan, tunni o`tkazgan”.



10- rasm.Piktogramma. Hindularning prezidentga “arznomasi”. Mazmuni: “Turna, Uchta suvsar, Ayiq, Dengiz odami va Dengiz mushugi qabilalari yagona qalb jo`shqinligi ila Turna qabilasi boshlig`iga ko`llar hududiga ko`chib o`tishga ruxsat berish haqida prezidentdan iltimos qilishni topshiradi”.
Ikkinchi piktogrammani o`qish qiyinroq, chunki unda “yagona qalb jo`shqinligi ila”, “prezidentdan iltimos qilishni” kabi mavhum tushunchalar ham berilgan.
Piktografik yozuv quyidagi xususiyatlarga ega:
1) piktogrammalarda hayotiy vaziyatlarni (ov, safar) aks ettiruvchi rasmlar ifodalanadi;
2) rasmlarning badiiy tomoni ahamiyatsiz;
3) mavhum tushunchalarni ifodalay olmaydi;


2. Ideografik yozuv


Ideografik (yun. idea – tushuncha; grapho - yozaman )3yozuvni “tushunchaviy yozuv” desa bo`ladi, uning birligi ideogramma deb ataladi. Bunda rasmlar orqali bevosita narsa, hayvon yoki boshqalarning o`zi emas, balki shu rasmlar ta’sirida inson ongida aks etgan tushuncha muhimdir. Masalan, piktografik yozuvda ifodalangan yurak va unga sanchilgan o`q ideografik yozuvda muhabbat ma’nosini ifadalaydi. Demak, bu yozuv orqali mavhum tushunchalarni ham ifodalash imkoniyati paydo bo`ladi. Bu yozuvning quyidagi belgilari mavjud:
1) qo`llangan rasmlar so`z ma’nosini ifodalaydi;
2) voqelik haqida ancha kengroq ma’lumot berish mumkin;
3) rasmlar barqarorlashgan, ya’ni bir tushunchani ifodalash uchun bir xil rasm ishlatilgan;
4) rasmlar o`z va ko`chma ma’nolarida maydonga chiqadi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin