6-ma’ruza. Ko’p o’zgaruvchili chiziqli regressiya Reja



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə11/12
tarix22.03.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#89098
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
6-mavzu(Саид-2-вар-лот)

6-ma’ruza uchun testlar
1. Ko’p omilli korrelyasiya koeffitsiyenti qanday chegaralarda o’zgaradi?
a) 0 ≤ Rux1x2 ≤ ∞;
b) 1 ≤ Rux1x2 ≤ ∞;
v) 0 ≤ Rux1x2 ≤ 1;
g) -1≤ Rux1x2 ≤ 1.
2. Ko’p omilli determinasiya ko’plik koeffitsiyenti qanday chegaralarda o’zgaradi?
a) 0 ≤ R2ux1x2 ≤ 1;
b) 1 ≤ R2ux1x2 ≤ ∞;
v) 0 ≤ R2ux1x2 ≤ ∞;
g) -1≤ R2ux1x2 ≤ 1.
3. Xususiy korrelyasiya koeffitsiyenti nimani baholaydi?
a) ikkita o’zgaruvchi o’rtasidagi bog’liqlikning jipsligini baholaydi;
b) uchta o’zgaruvchi o’rtasidagi bog’liqlikning jipsligini baholaydi;
v) uchta o’zgarmaslar o’rtasidagi bog’liqlikning jipsligini baholaydi;
g) qolgan omillarning qat’iy belgilangan qiymatida ikkita o’zgaruvchi
o’rtasidagi bog’liqlikning jipsligini baholaydi.
4. x argument (erkin o’zgaruvchi) 1 foizga oshirilganda u natijaviy omil o’zgarishining foizini o’rtacha darajada qaysi koeffitsiyent ko’rsatadi?
a) determinasiya koeffitsiyenti;
b) regressiya koeffitsiyenti;
v) elastiklik koeffitsiyenti;
g) beta-koeffitsiyent.
5. Rux1x2 ko’p omilli korrelyasiya ko’plik chiziqli koeffitsiyenti 0,75 ga teng, u erksiz o’zgaruvchi variasiyasining qancha foizi modelda hisobga olingan va x1 va x2 omillarning o’zgarishi bilan shartlangan?
a) 56,2;
b) 64,005;
v) 70,1;
g) 75,721.
6. Quyidagi ma’lumotlar mavjud:
a1 regressiya koeffitsiyenti =1,341:
regressiya koeffitsiyentining o’rtacha kvadratik og’ishi Sa1= 0,277.
Styudent t mezonini aniqlang va agar ahamiyatlilik darajasi α = 0,05 bo’lgani holda tjadv = 2,11 bo’lsa, a1 regressiya koeffitsiyentining ahamiyatini baholang?
a) 0,207, koeffitsiyent ahamiyatsiz;
b) 0,207, koeffitsiyent ahamiyatli;
v) 4,841, koeffitsiyent ahamiyatli;
g) 4,841, koeffitsiyent ahamiyatsiz.
7. Ko’p omilli korrelyasiya ko’plik koeffitsiyenti qanaqa qiymatni qabul qilishi mumkin?
a) 1,501;
b) 0, 239;
v)-0,876;
g) 2,83.

_
8. Ko’p omilli regressiyani hisoblangan modelning adekvatliligini tekshirish qanaqa mezondan foydalaniladi?
a) Fisherning F-mezoni;
b) Styudentning t mezoni;
v) Pirson mezoni;
g) Darbin-Uotsonning d-mezoni.
9. Ko’p omilli regressiyada keskin farq qiluvchi ma’lumotlarni chiqarib tashlashda qanaqa mezondan foydalaniladi?
a) Smirnov - Grabs mezoni;
b) Styudentning t mezoni;
v) Pirson mezoni;
g) Darbin-Uotsonning d-mezoni.
10. Ko’p omilli regressiyada tajriba natijalari dispersiyalarning bir jinsliligi haqidagi farazni tekshirishda qanaqa mezondan foydalaniladi?
a) Kochren mezoni;
b) Smirnov - Grabs mezoni;
v) Styudentning t mezoni;
g) Pirson mezoni.
11. Ko’p omilli regressiya koeffitsiyentlarining ahamiyatliligini aniqlashda qanaqa mezondan foydalaniladi?
a) Stpyudent mezoni;
b) Pirson mezoni;
v) Darbin-Uotsonning d-mezoni.
g) Kochren mezoni.
12. Faktorning o’lchash aniqligi qanday holatda yuqori aniqlik deb qabul qilingan?
a) 2%;
b) 5%;
v) 10%;
g) 15%.
13. Faktorning o’lchash aniqligi qanday holatda o’rtacha aniqlik deb qabul qilingan?
a) 5%;
v) 10%;
g) 15%.
g) 2%.
14. Faktorning o’lchash aniqligi qanday holatda past aniqlik deb qabul qilingan?
a) 10%;
v) 5%;
g) 15%.
g) 2%.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin