Kuchlanish transformatorlari Kuchlanish transformatori po‘lat elektrotexnik plastinkalaridan yig‘ilgan bo‘lib, unda birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar joylashgan.
Kuchlanish transformatori (TV) quvvati kichik bo‘lgan kuch transformatoriga o‘xshash (6.1-rasm).
6.1-rasm. TV ni tarmoqqa ulanishi.
W1/W2 –birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar sonining nisbati transformatsiya koeffitsiyenti deyiladi.
TV tarmoqqa parallel ulanadi. Ikkilamchi kuchlanish standart 100 V ga teng. TV chulg‘amlari nol guruhiga mos ravishda ishlab chiqariladi, ya’ni yuqori va past kuchlanish vektorlarining orasidagi burchak nolga teng. TV ning ikkilamchi chulg‘amiga voltmetr, o‘lchov asboblarining va himoya apparatlarining kuchlanish zanjirlari ulanadi. Transformatsiyalash koeffitsiyenti shu nisbatga teng:
bu nisbat doimiy emas, chunki chulg‘amlarda kuchlanish tushuvi mavjud, bu hol xatolikka olib keladi. Kuchlanish transformatorining ikkilamchi chulg‘amidagi kuchlanish:
Bu yerda -chulg‘amlarada kuchlanish tushuvi;
– ikkilamchi chulg‘amdagi tok;
– birlamchi chulg‘amning ikkilamchi tomonga keltirilgan qarshiligi;
ikkilamchi tomonga keltirilgan magnitlovchi tok;
Z2 – ikkilamchi chulg‘amning qarshiligi.
TV ning xatoligini kamaytirish uchun Z2, Imag, I2 larni kamaytirish kerak. Kuchlanish bo‘yicha xatolik quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda: U2 –haqiqiy ikkilamchi kuchlanish.
Kuchlanish transformatorlari aniqlik bo‘yicha uchta darajaga bo‘linadi: 0,5; 1; 3. Ikkilamchi chulg‘amining yukiga bog‘liq ravishda TV har xil darajada ishlashi mumkin.
TV larning bir necha ulanish usullari mavjud:
Yulduz usuli – bu sxema uchta bir fazali TV lar yoki bitta uch fazali beshta sterjenli TV yordamida yig‘iladi (4-, 5-sterjenlar nol ket- ma-ketlik oqimi uchun xizmat qiladi). Bu sxema yordamida fazalara- ro kuchlanishni, faza kuchlanishini va neytral nuqtaga nisbatan kuchla- nishni o‘lchash mumkin (6.2- a, e rasm).
Kuchlanish transformatori TV chulg‘amini ochiq uchburchakka ulash – bu sxema ikkita bir fazali TV yordamida yig‘iladi. Ikkita fazalararo kuchlanishga ulanadi. Faza kuchlanishini o‘lchash mumkin emas (6.2- b rasm).
Nol ketma-ketlik filtri – bu sxema uchta bir fazali TV lar yordamida yig‘iladi. Birlamchi chulg‘amlar neytrali yerga ulangan yul- duz usulida, ikkilamchi chulg‘amlari ochiq uchburchakni tashkil qila- di. Fazalararo kuchlanishni va neytral nuqtaga nisbatan kuchlanishni o‘lchash mumkin (6.2- d rasm).
Kuchlanish transformatorining W1 birlamchi chulg‘ami bir necha ming o‘ramdan iborat bo‘lib, u kuch tarmog‘iga parallel ulanadi, ikkilamchi W2 cho‘lg‘amiga esa o‘lchov asboblari, himoya zanjiri va signalizatsiyaga ulanadi.
Birlamchi U1 kuchlanishning U2 kuchlanishgacha o‘zgartirishi kuchlanish tarnsformatorining birlamchi W1 va ikkilamchi W2 chulg‘amlar sonini nisbati jihatidan muhim rol o‘ynaydi. Ularning nisbati
CHulg‘amlar sonining nisbati kuchlanish transformatorining transformatsiyalash koeefitsienti deyiladi.
Kuchlanish transformatori bir va uch fazali qilib yasaladi. Talab etiladigan informatsiyasiga qarab bir fazali transformatorlar har xil sxemalarda ulanish mumkin.(6.3–rasm).
Bu yerda:
a) Bitta fazalararo kuchlanishni olish sxemasi.
b) Ikkita yoki uchta fazalararo kuchlanishni olish sxemasi.
v) Uchta fazalararo kuchlanishni olish sxemasi.
Kuchlanish transformatorining to‘lik bo‘lmagan yulduzcha ulanishi 6.3-(b) rasmga to‘g‘ri keladi. Bunda ikki yoki uch fazali kuchlanish olish mumkin. 6.3-(v) rasmda esa kuchlanish transformatori to‘la yulduzcha ulangan bo‘lib, bu sxema faza va fazalararo kuchlanishlar haqida informatsiya olish uchun foydalaniladi. Nol ketma-ketlik kuchlanishini olish uchun hamda faza va fazalararo kuchlanishlar uchun ikkita ikkilamchi chulg‘ami bo‘lgan kuchlanish trans-formatoridan foydalaniladi. (6.3–rasm) CHo‘lg‘amlardan bittasi to‘la yulduzcha, ikkinchisi esa ochiq uchburchak ulanadi.