6-ma’ruza Mavzu: Borland С++ Builder Standard komponentlar palitrasi Reja Kirish



Yüklə 341,08 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.03.2023
ölçüsü341,08 Kb.
#89068
779150 (1)



6-ma’ruza 
Mavzu: Borland С++ Builder Standard komponentlar palitrasi
Reja
1. Kirish 
2. Standart komponentalar vazifalari.
3. Komponentalarni forma bilan bog’lash. 
Tayanch iboralar:Library,MainMenu,PopupMenu, CheckBox, Label, Edit,Visual,Standart. 
 
Tezkor tugmalarning o‘ng qismida vizual komponentlar palitrasi VCL (Visual 
Component Library, vizual komponentlar kutubxonasi) joylashgan. Bular yordamida Windows 
uchun vizual dasturlarni tezkor yaratish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Bu komponentlar yordamida 
dasturda turli tugmalar, rasmlar, yozuvlar, taymerlar, taqvimlar va b.ni tezkor yaratishimiz 
mumkin. Ilova yaratishda eng ko‘p Standard komponentalari qo‘llanadi. Ob’yektni formaga 
o‘rnatish uchun Standard komponentalaridan  kerakli komponenta tanlanadi, sichqoncha bilan 
formaga kerakli joyga bosib o‘rnatiladi. 
Standard komponentalari: 
1-rasm. Standard komponentalar. 
1.MainMenu (Asosiy menyu) — asosiy menyu yaratish. 
2.PopupMenu (Qalqib chiquvchi menyu) — ba’zi komponentalarning qalqib chiquvchi 
menyusini yaratish uchun qo‘llanadi, kontekst menyu xosil qiladi. 
3.Label (Etiketka) — formada matn yozuv yaratadi. 
4.Edit (Taxrirlovchi) — formada matnni taxrirlovchi maydon xosil qiladi. 
5.Memo (Maydon) — Matnlli satrlarni taxrir qilish uchun maydon xosil qiladi.
6.Button (Tugma) — eng ko‘p ishlatiladigan komponent. Ilovada matn yozuvli
to‘rtburchak tugmalarni yaratish uchun xizmat qiladi. 
7.CheckBox (belgilash yacheykasi) — ilova formasida ikki xolatdagi (belgili yoki belgisiz) 
nomlangan belgilash yacheykasini xosil qiladi.
8.RadioButton (Radiotugma) — Ikki xolatdagi(nuqtali yoki nuqtasiz) nomlangan aylana 
maydon xosil qiladi. Formada o‘rnatilgan bir nechta komponentlar o‘zaro bog‘langan bo‘lib 
faqat bittasi yoqilgan xolatda bo‘ladi. 
9.ListBox (Ro‘yxat) — ro‘xatdan tanlash imkonini beruvchi to‘rtburchak maydon xosil 
qiladi. 
10.ComboBox (Kombinatsiyali ro‘yxat) — ro‘xatdan tanlash imkonini beruvchi ochiluvchi 
to‘rtburchak maydon xosil qiladi. 
11.ScrollBar (Prokrutka) — ma’lum intervalda qiymat o‘zgartirish imkonini beruvchi 
tugmalardan iborat jadval xosil qiladi. 
12.GroupBox (Gruppalash oynasi) — bir nechta ob’yektlarni birlashtirish uchun xizmat 
qiladi. 
13.RadioGroup (Radiotugmalar gruppasi) — o‘zaro bog‘lik radiotugmalardan iborat 


to‘rtburchak konteyner xosil qiladi. 
14.Panel (Panel) — boshqa komponentalarni joylashtirish uchun bo‘sh soxa xosil qiladi. 
Uskunalar panelini yaratish uchun xizmat qiladi. 
15.Action List (Xarakatlar ro‘yxati) — interfeys elementlarini boshqarishni amalga 
oshiradi. 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA INTERNET RESURSLARI 
1. Н.Культин. Самоучитель C++ Builder СПб.: БХВ-Петербург, 2004. -320 с.: 
2. Н.Культин. C++ Builder в задачах и примерах. Петербург, 2005. — 336 с: 
3. Х.М.Дейтел, П.Дж.Дейтел «Как программировать на С++», 5-издание, М-2008 г. 1454 
стр. 
4. Г.Шилдт –“Полный справочник по C++” – М-2006., 801 стр. 
5. Sh. F. Madraximov “C++. Obyektga yo’naltirilgan dasturlash”, Toshkent, Mumtoz so’z, 2016 
yil. 176 s. 
6. Р.Седжвик – “Фундаментальные алгоритмы на С++” – М 2001., 687 стр. 
7. Ш.Ф.Мадрахимов, С.М.Гайназаров “С++ тилида программалаш асослари” – Тошкент-
2009 й., 196 
www.cybern.ru 
www.delphisources.ru 
www.ziyonet.uz 

Yüklə 341,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin