6-ma’ruza. Sanoat portlovchi moddalarini sinash usullari


Olov o’tkazuvchi shnurni sinash



Yüklə 36 Kb.
səhifə4/4
tarix05.12.2023
ölçüsü36 Kb.
#173984
1   2   3   4
6-ma\'ruza

Olov o’tkazuvchi shnurni sinash.
Olov o’tkazuvchi pilik ham tashqi ko’zdan kechiriladi. Bunda bitta yashik ichidagi barcha buxtalar tekshirib ko’riladi. Agar ko’zdan kechirishda kamchiliklar aniqlansa olov o’tkazuvchi (pilik) shnur partiyasi yaroqsiz deb topiladi. Kamchilik aniqlangan buxtalar yondirib yo’q qilinadi. Tashqi ko’zdan kechirib bo’lingan buxtalarning yaroqli deb topilgan qismidan 2% i tanlab olinadi va boshqa xossalari tekshirib ko’riladi.
Olov o’tkazuvchi pilikni to’liq yonishini tekshirish uchun olov o’tkazuvchi shnurdan 5 sm bo’lakcha qirqib olinadi va yondiriladi. Bunda bo’lak to’liq yonishi kerak. Olov o’tkazuvchi pilik yonish tezligini tekshirish uchun har bir buxtadan 60 sm dan bo’lakcha qirqib olinadi va yonish tezligi sekundomer yordamida o’lchanadi. Bunda 60 sm uzunlikdagi bo’lak yonish vaqti davomiyligi 60 sek dan 70 sek oraliqda bo’lishi lozim. Agar birortasida farq kuzatilsa tekshirish ishlari 2 marta olib boriladi.
Olov o’tkazuvchi pilikni suvga chidamlilikka tekshirish. Buning olov o’tkazuvchi shnur 1m chuqurlikdagi suvga botirib qo’yiladi. Suvda saqlash vaqti davomiyligi OШA markali olov o’tkazuvchi shnur uchun 1 soat ushlab turiladi, OШДA va OШП markali olov o’tkazuvchi pilik uchun 4 soat ushlab turiladi.
Yüklə 36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin