6-ma’ruza. Sanoat portlovchi moddalarini sinash usullari


Patronlangan PMlarni tekshirish



Yüklə 36 Kb.
səhifə2/4
tarix05.12.2023
ölçüsü36 Kb.
#173984
1   2   3   4
6-ma\'ruza

2.Patronlangan PMlarni tekshirish. Patronlangan PMlar (yer osti kon ishlarida qo’llaniladi) bir-biriga detonatsiyani uzatishi bo’yicha tekshirib ko’riladi. Bunda kamida uchta patron tanlab olinadi va bir-biridan bir xil masofada simmetrik holda gorizontal joylashtiriladi. Bunda patronlarni yumshoq grunt ustiga joylashtirish tavsiya qilinadi. Grunt ustiga joylashtirish tavsiya qilinadi. Grunt ustiga joylashtirilgan patronlarning birinchisiga yoki uchinchisiga kapsul detonator hamda olov o’tkazuvchi shpur ulanadi va portlatish amalga oshiriladi.
Sinash amalga oshirilgandan so’ng grunt yuzasida hosil bo’ladigan chuqurliklar soninig patronlar soniga mosligi tekshirib ko’riladi. Agar sinash vaqtida birorta patron portlamay qolsa sinash 6ta patronda amalga oshirib ko’riladi (3tadan 2marta amalga oshirilishi kerak). Agar 6ta patrondan bittasida «отказ» kuzatilsa ham PMning ushbu partiyasi yaroqsiz deb topiladi va mos holda yuqoridagi tartibda dalolatnoma tuziladi va tegishli organlarga uzatiladi.
3.Suvga chidamli PMlar, detonatsiya uzatishini tekshirish. Bunda PMlar patron ichiga joylashtirilib vertical holatda 1m chuqurlikdagi suvda 1 soat davomida ushlab turiladi va portlatib ko’riladi.
4.PM tarkibidagi namlikni aniqlash. PM tarkibidagi namlikni aniqlash uchun kamida 5 ta pachka ichidagi PM to’kiladi va yaxshilab aralashtiriladi va 10 gr namuna olinadi, 10 gr namuna texnik tarozida ko’rsatiladi va elektr quritish shkafida 4-6 soat davomida 60-700C haroratda quritiladi va texnik tarozida vazni tekshirib ko’riladi.
5.Elektrodetonatorlarni sinash. Elektrodetonatorlar dastlab tashqi ko’zdan kechiriladi. Bunda kamida 2 ta yashik ochiladi va ularning ichidan kamida 20 ta karobka olinadi. Ushbu karobkalar ichidan jami 200 ta elektrodetonatorlar tanlab olinadi va tashqi ko’zdan kechiriladi. Agar elektrodetonator metal gilzadan yasalgan bo’lsa gilzada xar hil oksidlanishlar ifloslanishlar va zang bo’lmasligi tekshiriladi. Agar qog’oz gilzali bo’lsa yelimi tekshiriladi. Elektrodetonatorlarni tekshirish vaqtida hatto yengil siqib ko’rish, simlari izolyatsiyasini ochib ko’rish va similar uchlarini ifloslantirish ta’qiqlanadi. Tanlab olingan elektrodetonatorlarni tekshirish jarayonida kamchiliklar kuzatiladigan bo’lsa dalolatnoma tuziladi va tegishli organlarga jo’natiladi. Bunda butun partiya yaroqsiz deb topiladi. Ushbu yaroqsiz deb topilgan elektrodetonatorlardan foydalanish masalasi ishlab chiqaruvchi zavod xodimi ishtirokida tuzilgan maxsus komissiya xulosasi asosida aniqlanadi. Elektrodetonatorlar elektr qarshiligi sarflovchi omborlarda amalga oshiriladi. Bunda elektrodetonator qarshiligining uning etiketkasida ko’rsatilgan qarshiligiga mosligi tekshiriladi. Elektrodetonator lar guruhini birgalikda portlashga sinab ko’riladi. Bunda har bir partiyadan 60 tadan elektrodetonatorlar olinib portlatib ko’riladi. Unda ajratib olingan 60 ta elektrodetonator 20 tadan qilib 3 ta guruhga bo’linadi va tuproqli joyda ( yumshoq) bir-biridan 30-50 sm masofdada bir-biriga ketma-ket qilib ulanadi. Shundan so’ng maxsus metal kurakcha yordamida har bir elektrodetonator orasi ro’parasida chuqurcha hosil qilinadi va ushbu chuqurchalarga elektrodetonatorlar butun uzunligi bo’yicha botirib vertical holatda joylashtiriladi. Agar sinash ishlari qishki mavsumda amalga oshirilsa elektrodetonatorlarni maxsus stakanlarga joylashtirish mumkin ( bunda metal stakan diametric 10 sm dan kichik bo’lmasligi kerak). Shundan so’ng har bir guruhdagi elektrodetonatorlarning umumiy qarshiligi P-353 10m yordamida aniqlanadi. Shundan so’ng 50 m masofadan turib portlatiladi, bunda har bir guruh alohida portlatiladi va har bir guruhga beriladigan tok kuchi 2 A dan oshmasligi lozim. Tok manbaiga ulangan guruhdagi elektr detonatorlarning barchasi portlashi shart. Elektr detonatrlar barchasi portlaganligi to’g’risidagi ma’lumot sinash o’tkazilgan gruntda hosil bo’ladigan varonkalar soni yoki metal stakanlarda qolgan qoldiq elektr detonatorlar soni bilan aniqlanadi.

Yüklə 36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin