6-ma’ruza. Sanoat portlovchi moddalarini sinash usullari


Detonatsiyalovchi shnurni sinash



Yüklə 36 Kb.
səhifə3/4
tarix05.12.2023
ölçüsü36 Kb.
#173984
1   2   3   4
6-ma\'ruza

Detonatsiyalovchi shnurni sinash
Detonatsiyalovchi shnurlar partiyasidan 1 ta yashik ochilib yashik ichidagi buxtalar tashqi ko’zdankechiriladi. Bunda quyidagi kamchiliklar tekshiriladi: o’ramlar buzilganligi; detonatsiyalovchi shnur o’ramlarida sinash joylari mavjudligi; detonatsiyalovchi shnur o’ramlaridagi ingichkalashish hududlari tekshiriladi. Agar tekshirilayotgan buxtalarning 10% dan ko’prog’ida kamchiliklar aniqlansa detonatsiyalovchi shnur partiyasi yaroqsiz deb topiladi.
Detonatsiyalovchi shnurni detonatsiya uzatishga tekshirish. Buning uchun 3 ta buxtaning har biridan 100m dan detonatsiyalovchi shnur olinadi. Har bir shnur bo’lagidan 1m dan uzunlikda 5 ta bo’lak qirqib olinadi va quyidagi sxema bo’yicha ulanadi

Bunda detonatsiyalovchi shnur bo’lagining 95 m uzunlikdagi qismi magistral liniya vazifasini bajaradi. Detonatsiyalovchi shnur boshlang’ich impuls beriladi va detonatsiyalovchi shnurga ulangan detonatsiyalovchi shnur bo’laklarining to’liq detonatsiyalanishi tekshiriladi. Bunda uchta guruhning birortasi portlamay qolsa yoki detonatsiyalovchi shnurga ulangan. Detonatsiyalovchi shnurdan kamida 2 tasi portlamay qolsa yaroqsiz deb topiladi.
Detonatsiyalovchi shnurni suvga chidamlilikka tekshirish. Agar portlatish ishlari nam sharoitda olib borilsa detonatsiyalovchi shnur buxtasi 1m chuqurlikdagi suvda 1 soat davomida, agar portlatish ishlari suvli sharoitda amalga oshirilsa 4 soat davomida suvda ushlab turiladi va yuqoridagi tartibda tekshiriladi. Bunda detonatsiyalovchi shnur uchlari suv o’tkazmaydigan material bilan o’ralishi shart. Agar sinash ishlarida «отказ» kuzatilsa bunday detonatsiyalovchi shnur quruq sharoitlarda qo’llanilishga yaroqli deb topiladi.
Moyga chidamlilikka tekshirish. Portlash ishlarida suyuq nitroefirlar asosida hosil qilingan portlovchi moddalarning qo’llanilishi detonatsiyalovchi shnurni moyga chidamlilikka tekshirishni taqozo etadi. Bunda detonatsiyalovchi shnur portlovchi modda tarkibiga qo’shiladigan suyuq yoqilg’iga kamida 1m chuqurlikka botirib qo’yiladi, bunda olov o’tkazuvchi shnur uchlari moyga botirilmaydi, tashqarida turadi. Moyda ushlab turish vaqti davomiyligi detonatsiyalovchi shnur portlatish ishlarida zaryadlangandan so’ng qancha vaqt davomida saqlansa shuncha vaqt davom etadi. Shundan so’ng detonatsiyalovchi shnur po’stlog’ining butunligi tekshiriladi. Agar kamchilik aniqlansa boshqa turdagi portlovchi modda portlatish uchun qo’llaniladi.
Detonatsiyalovchi shnurni yuqori va past haroratga tekshirish. Detonatsiyalovchi shnur +600C haroratga chidamli bo’lishi talab etiladi. Buning uchun detonatsiyalovchi shnur maxsus termostatlarda 600C haroratda 4 soatda ushlab turiladi. Agar portlatish ishlari -150C haroratdan past haroratda olib borilsa huddi shu haroratda 2 soat davomida ushlab turiladi va portlatib ko’riladi. Agar portlatishda «отказ» kuzatiladigan bo’lsa -150C dan yuqori haroratda tekshiriladi.

Yüklə 36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin