6-ma’ruza Suv o’simliklar hayoti uchun zarur sharoit ekanligi va suvning ahamiyati Reja


Tuproqdagi suv xillari va uning harakatlanishi



Yüklə 19,89 Kb.
səhifə2/3
tarix03.03.2022
ölçüsü19,89 Kb.
#53350
1   2   3
Microsoft Word Document

Tuproqdagi suv xillari va uning harakatlanishi. Tuproqdagi suv o‘simliklarning suvga bo‘lgan jami ehtiyojini ta’minlashning birdan-bir amaliy manbadir. U tuproq zarrachalari orasidagi bo‘shliqlarda saqlanadi va tuproq umumiy hajmining 30-60% gacha bo‘lgan qismiga to‘g‘ri keladi. Tuproq zarrachalari orasidagi bo‘shliqlarning xossalari umumiy hajmi, ularning hap xil o‘lchamdagi shakllari va o‘zaro munosabati, o‘simlikning hayoti uchun muhim bo‘lgan suv-fizik xossa­lari, ya’ni ko‘p yoki kam miqdordagi namlikni saqlash qobiliyati hamda suvning tuproqda o‘simlik ildizlari orqali harakat qilish tezligini belgilaydi.

Tuproq zarrachalari orasidagi bo‘shliqlar butunlay suv bilan to‘lgan bo‘lishi mumkin. Ammo ko‘pincha suv bo‘shliqlarning bir qismini egallaydi, qolgan qismi esa tarkibiga ko‘ra atmosfera havosidan farq qiladigan havo bilan to‘lgan bo‘ladi. Qattiq tuproq umu­miy hajmining 40-70% ni tashkil etadi. Tuproq hajmining qattiq faza bilan to‘lmagan qismi bug‘simon holatdagi suvga ega havo bilan to‘lgan bo‘ladi. Bunday vaqtda tuproq suvga to’yinmagan deyiladi.

Tuproqdagi suvning quyidagi formalarini farqlash qabul qilingan (Kovda, 1973).

1.Bug‘simon suv hamisha tuproq havosida mavjud bo‘lib, odatda, bu havo suv bug‘lari bilan 100% to‘yingan bo‘ladi. Lekin bunday suv miqdori uncha ko‘p bo‘lmaydi va o‘simlikning suv bilan ta’minlanishida uncha katta rol o‘ynamaydi.

2.Kimyoviy bog‘langan suv (tuproq minerallari tarkibiga kiruvchi suv) va kristallizatsiya suvi. O‘simliklar bu suvdan foydalana olmaydi.

3.Fizik bog‘langan suv. Fizik-ximiyaviy xossalariga ko‘ra, bu xildagi suv molekulalari tuproqniig dispers zarrachalari sirtiga sorbsiyalanib, parda (plyon­ka) hosil kiladi. Fizik bog‘langan suv mustaqkam bog‘langan (gidroskopik) va bo‘sh bog‘langan (parda) suvga bo‘linadi. Birinchi xildagi suv tuproq zarrachalari yuzasida mustaqkam saqlanib qoladi va o‘simliklar uchun foydasiz hisoblanadi. Ikkinchi xildagi suv kichik tezlikda harakatlanadi. Shuning uchun o‘simliklar­ning undan foydalanishi cheklangan bo‘ladi. O‘simliklar ildizining so‘ruvchi kuchi ulardai foydalanishga imkon beradi, lekin parda suv zapasi suvni so‘rib oladigai ildiz tomon harakat qilish hisobiga tiklanishiga ko‘ra tezroq sarflanadi.

4.Kapillyar suv tuproq g‘ovaklarida kapillyar-menisk kuchi ta’sirida ushlanib turadi, kapillyar oraliqlar qancha tor bo‘lsa, kapillyar-menisk kuchi shuncha yuqori bo‘ladi. Tuproqning kapillyarlar orqali suvni yuqoriga ko‘tarib berish xossasi uning suv ko‘tarib berish qobiliyati deb ataladi. Kapillyar suv harakatchan bo‘ladi, uning joydan-joyga kuchib yurishi o‘simliklar jadal iste’mol qilishida sarflanadigan suv zapaslarining o‘rni to‘lishini ta’minlaydi. U oson eritadi va unda erigan organik hamda mineral moddalar o‘simlik organlari bo‘ylab harakatlanadi. Kapillyar suvning bug‘lanishi yerlar sho‘rlanishida rol o‘ynaydi. Kapil­lyar hoshiya deb ataladigai qatlam, ya’ni sizot suvlar sathidan ko‘tarilgan nam qatlam hosil kiluvchi kapillyar-tiralgan suvning ko‘tarilish balandligi tuprod strukturasiga va mexanik tarkibiga bog‘lik bo‘ladi. Kumli va qumloq tuproqli yerlarda bunday ko‘tarilish balandligi 40-60 sm dan oshmaydi. Lekin qumoq va soz tuproqli yerlarda 2-7 m ga yetadi. Kapillyartiralgan suv sarflanganda (o‘simliklar va bug‘lanish orqali) uning o‘rni sizot suvlar hisobiga to‘ladi. Agar sizot suvlar sathi ko‘tarilsa, kapillyar hoshiya sathi ham ko‘tariladi yoki aksincha. Agar sizot suvlar bilan kapillyar suv o‘rtasida bog‘lanish bo‘lmasa, u holda kapillyar-muallaq suv hosil bo‘ladi. Tabiiy sharoitda uning tuproq profili bo‘ylab tarqalishida chuqurlik oshgan sari namlik asta-sekin kamaya boradi; kapillyar-muallaq suvning harakatlanish tezligi uncha katta emas.

Tuproqdagi kapillyar suvning harakatchanligi va harakatlanish tezligi tuproq namligiga va boshqa fizik xossalariga bog‘liq bo‘ladi. Agar tuproqning namligi yuqori bo‘lsa (sizot suvlar sathi yuqori bo‘lgan vaqtda), kapillyar suv tez harakatlanadi namlik pasayganda esa harakati susayadi. Soz tuproqli yerlarda suvning kapillyarlar bo‘ylab harakatlanishi yuqori bo‘lib, unda nam uzoq masofaga siljishi mumkin. Og‘ir soz tuproqli yerlarda mayda kapillyarlardagi suv katta kuch bilan ushlanib qoladi, shunga ko‘ra, suvning kapillyarlar orqali siljishi juda sust bo‘ladi. Lyossimon qumoq va lyoss (sor) tuproqlarda kapillyar suv eng yuqorn va juda tez ko‘tariladi (O‘zbekistonda va Kaspiybuyi pasttekisligida).

5.Tuprovdagi erkin suv og‘irlik kuchi ta’sirida vertikal siljish xususiyatiga ega. U yuqori darajada erituvchanlik samaradorligiga ega bo‘lib, erigan holatdagi tuzlar va kolloid eritmalar ana shu suv bilan birga harakatlanadi. Tuproqda erkin suv ko‘p miqdor­da bo‘lsa, o‘ta namlikka, botqoqlanishga va berchlanish protseeslarining kuchayishiga sabab bo‘ladi. Erkin suv ba’zan gravitatsion, sizot, yuza borlangan va muz shaklidagi turlarga bo‘linadi.


Yüklə 19,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin