Yerda hayotning rivojlanishi davomida organizmlarning bir guruhi ikkinchisining oʻrnini olib turgan boʻlsada, u yoki bu geokimyoviy funksiyalarni bajarib turadigan organizmlar nisbati oʻzgarmasdan qolgan. Shu tufayli turli geologik davrlarda moddalar bir xil tezlikda Yer qobigʻida toʻplanib borgan. Shunday qilib, tirik organizmlar hayotning muhim sharti boʻlgan anorganik muhitning doimiyligi (gomeostaz holati)ni sakdab turadi.
Inson faoliyati Yer yuzini tubdan oʻzgartirishga qodir boʻlgan hozirgi davrda B.ning rivojlanishi yangi pogʻonaga koʻtarildi. Soʻnggi yillarda insonning B.ga biokimyoviy taʼsiri boshqa barcha tirik organizmlarga nisbatan juda katta kuchga aylandi. Lekin tabiiy resurelardan foydalanishni B.ning rivojlanishi va funksiyasi qonuniyatlarini nazarpisand qilmasdan amalga oshirilishi (mas, oʻrmonlarning kesilishi, yerlarning oʻzlashtirilishi, shaharlar, zavod, fabrikalar, sunʼiy suv havzalari, yoʻllar qurilishi va boshqalar) B.dagi biokimyoviy jarayonlarga katta taʼsir oʻtkazmoqda.

Yer osti boyliklarini qazib olib, juda kup miqdorda yoqilgʻi yoqilishi moddalar almashinuvini tezlashtirib, B. tarkibi va uning gomeostaz holatiga taʼsir koʻrsatadi. Shu tufayli B.ni bir butun, muayyan darajada tartibga solingan murakkab dinamik sistema deb qaralishi unda kechadigan jarayonlarni toʻgʻri tushunib olishga yordam beradi. Biosfera toʻgʻrisidagi taʼlimot ekologiya, biotsenologiya va boshqa fanlarning rivojlanishida, tabiat va jamiyatning rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan juda koʻp oʻta murakkab muammolarni xal etishda katta ahamiyatta ega.