Yer osti boyliklarini qazib olib, juda kup miqdorda yoqilgʻi yoqilishi moddalar almashinuvini tezlashtirib, B. tarkibi va uning gomeostaz holatiga taʼsir koʻrsatadi. Shu tufayli B.ni bir butun, muayyan darajada tartibga solingan murakkab dinamik sistema deb qaralishi unda kechadigan jarayonlarni toʻgʻri tushunib olishga yordam beradi. Biosfera toʻgʻrisidagi taʼlimot ekologiya, biotsenologiya va boshqa fanlarning rivojlanishida, tabiat va jamiyatning rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan juda koʻp oʻta murakkab muammolarni xal etishda katta ahamiyatta ega.
Insonning biosferaga salbiy ta’siri. Turli tabiiy ofatlar, ocharchilik insonlar soni kamayishiga sabab bo’lmoqda. Masalan, 1975-yilda Xitoyda bo’lgan yer silkinishidan 600 mingdan ortiq odam o’lgan bo’lsa, 1985-yilgi Mexikodagi yer qimirlash 20 ming, Kolumbiyadagi vulqon 26 ming, Armanistondagi yer qimirlash 25 ming, Tojikistonda esa 100- mingdan ortiq odamlar o’limiga sabab bo’ldi, 2001-yil yanvar oyi oxirida Hindistondagi yer silkinishida 40000 ga yaqin kishi halok bo’lgan.

Rus olimi V.I. Vernadskiy birinchi bo’lib sayyoramizdagi barcha tirik organizmlarning olamshumul ahamiyatini ochib berdi. Olimning fikricha tirik organizmlar Yer yuzasini o’zgartirishda eng kuchli omil hisoblanib, tog’ jinslari, suv, atmosfera qismlari hayot ta’sirida o’zgartirib turadi va u biosfera (yunoncha “bios” – hayot, “sfera” – shar ) deb ataladi. Biosfera Yer sharidagi eng yirik ekotizim deb qaralib, u ayrim ekotizimlarning yig’indisidan tashkil topgan.