Tranzistorlarning ulanish sxemasidagi asosiy ko‘rsatkichlari
Ulanish sxemasi
Um emitter
Um baza
Um kollektor
Kirish qarshiligi
200–2000 Ω
30–1500 Ω
0,2–1 m Ω
Chiqish qarshiligi
10–100 k Ω
0,5–2 m Ω
50–500 Ω
Tokni kuchaytirishi
*200
*1
*200
Kuchlanishni kuchaytirishi
*100
*1000
*1
Quvvatni kuchaytirishi
*1000
*100
*10
Ishlatish foydalanish o‘rinlari
Universal kuchaytirgich, faza inventor
Yuqori chastotali kuchaytirgich
Moslashtirish kaskadi
Kirish va chiqish signallari
Kirish fazasi chiqish teskari
Kirish fazasi chiqish to‘g‘ri
Kirish fazasi chiqish to‘g‘ri
Tranzistorlarning prinsipial elektr sxemada chizilish tartibi
Tranzistorning prinsipial elektr sxemada chizilish tartibi
1 2
3 4
5 6
Tranzistorlarni montajga tayyorlash tartibi
Tranzistorlarni montajga tayyorlash va kavsharlashda kichik hajmli tranzistorlarni bosma platalarga o‘rnatishda oyoqchalari bosma platadan 2 mm chiqishi kifoya qiladi, katta hajmli tranzistorlarning oyoqchalari esa 3 mm ni tashkil qiladi.
Kichik quvvatli signalni elektr energiyasi hisobiga katta quvvatli signallarga aylantirib beruvchi qurilma.
Ulanish sxemasini aniqlash: signal kirishi, signal chiqishi ishtirok etmagan elektrod nomi bilan aytiladi. Masalan, signal tranzistorning bazasiga uzatiladi, kollektordan kuchaytirilib olinadi, nomi aytilmagan elektrod emitter, umumiy emitterli sxemasi bo‘yicha yig‘ilgan.
Yuklama: yuklama signal chiqishi, tranzistorning asosiy oziqlanish kuchlanishida ishtirok etgan element yuklama hisoblanadi, yuklamadagi elementga qarab kuchaytirgich nomlanadi. Masalan, kuchaytirgichda rezistor tursa, operadik kuchaytirgich, tebranish konturi tursa, yuqori chastotali kuchaytirgich, radiokarnay tursa, past chastotali kuchaytirgich, transformator bo‘lsa, faza inventor.
Taqsimlagich: taqsimlagich tranzistorning bazasidagi kuchlanishni bir me’yorda ta’minlab beradi.
Ajratuvchi kondensator: ajratuvchi kondensatorlar, asosan, kaskadlar oralig‘iga qo‘yiladi, kondensator C1 kirish zanjiridagi signalni ajratib tranzistorning bazasiga uzatadi, C2 esa kuchaytirilgan signalni ajratib oladi, ikki holatda ham kondensatorlar tokdan signalni ajratib olmoqda, shuning uchun bu kondensatorlarni ajratuvchi kondensatorlar deyiladi.
Aralashtirgich: tranzistorlarning ulanish sxemasiga e’tibor bersangiz, Um emitterli sxemada emitterga, Um kollektorli sxemada kollektorga, Um bazali sxemada bazaga rezistor hamda kondensator ulangan, bu zanjir tok va elektronlarni manbaning manfiy qutbiga o‘tkazib, tranzistorning baza tokini yo‘qotadi, aks holda tranzistor qizib kuyishga olib keladi.
Elektron zanjirlarda oqim: elektron zanjirlarda ikki oqim bo‘ladi: 1. Signal oqimi;
2. Tok oqimi.